Sönggi haftalarda frontdagi vaziyat tez özgarmoqda va Rossiya tomoni uçun doimiy ravişda yomonlaşmoqda. Ukraina kuçlari allaqaçon katta hududlarni işğoldan ozod qilgan va töxtaşni rejalaştirmayapti. Bunga javoban Vladimir Putin va Rossiya rasmiylari yo yadroviy zarba beriş kerakligiga şama qilmoqda yoki muzokaralar ötkazişni taklif qilmoqda (lekin faqat «Rossiya taklif qiladigan şartlar asosida»). «Meduza» harbiy ekspertlar bilan bu vaziyat nimaga olib kelişi mumkinligi haqida suhbatlaşdi.

— Rossiya qandaydir tarzda Ukraina hujumini töxtata oladimi?

Kirill Mixaylov, Conflict Intelligence Team (CIT) tadqiqot guruhi a’zosi: Xerson viloyatida rossiyaliklarning hali jiddiy janglarda qatnaşmagan zaxiralari va desantçilari bor. Nazariy jihatdan, bu zaxiralarning jangga yuborilişi qarşi hujumni töxtatişi mumkin. Ammo agar ular Liman yaqinidagi kabi tarqoq harakat qilsa, bu rus qismlari uçun ayançli yakunlanişi mumkin.

Şimoli-şarqiy yönalişda vaziyat bundan ham yomonroq, garçi janglar Rossiya ta’minot bazalariga yaqinroqda keçayotgan bölsa ham. U yerda rus qöşinlari janglardan sillasi qurigan va zaxiralar Xersonga köçirilgandan keyin zaiflaşib qolgan. Amaldagi kuçlardan u yerda 1-tank armiyasi va 20-umumqöşin armiyasi qolgan, ammo ular Izyum yönalişidan çekingan paytda taşkilotçilik va texnika borasida köp yöqotişlarga uçragan, şuningdek, Liman, Kupyansk yaqinidagi qarşi hujumlardan söng jangovar qobiliyatining bir qismidan ayrilgan.

Hozirda safarbar qilinganlarning aksariyati Luhansk viloyatiga taşlanmoqda. Ular allaqaçon asirga tuşişni boşlab yuborgan. Demak, u yerda ham Rossiya armiyasi jiddiy muammolarga duç kelyapti.

Igor Kurtukov, harbiy tarixçi: Salohiyat bor, lekin dolzarblik ham bor. Salohiyati jihatidan Rossiya, albatta, Ukrainadan kattaroq. Ya’ni agar Rossiya xuddi Ukraina kabi töliq imkoniyatlarini işga solib, uruşda qatnaşsa, unda, albatta, ukrainaliklarga juda oğir bölar edi.

Safarbar qilinganlarning son jihatdan ustunligi ba’zan qurol-yaroğlar sonidagi ustunlik bilan qoplanişi mumkin. Masalan, raqibda odam kuçi ikki barobar köp bölsa, bu ustunlikni qurol-yaroğlar miqdori tört barobar köpligi bilan qoplaş mumkin: kvadratik qaramlik. Agar ustunlik uç baravar bölsa, bu xuddi pulemyotga qarşi nayza bilan jang qilişga öxşaydi. Bu oğir vaziyat.