Ukraina mudofaa vazirligi zarbalar natijasida tinç aholi vakillari orasida kamida 17 kişi halok bölgani va önlab kişilar şifoxonaga yotqizilgani, yaralanganlar orasida olti nafar bola borligini ma’lum qildi.
«Yaralanganlar va halok bölganlar orasida bolalar bor», deyiladi Zaporijjya ma’muriyatining feysbukdagi xabarida. Boş prokuror ofisi kamida bir bola halok bölganini ma’lum qilgan.
Tongda Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Starux 12 qurbon va 49 yarador haqida xabar bergandi. Şahar kengaşi kotibi Anatoliy Kurtev esa 17 qurbon haqida yozgandi.
«Tunda duşman oblast markaziga raketa zarbalari yöllaş uçun taktik aviatsiyani qölladi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, samolyotlar Zaporijjya böylab 12 raketa uçirişgan. Raketalarning aksari köp qavatli turar joy binolari va xususiy uylarga kelib tuşgan. 9 qavatli uyning bir qismi qulab tuşgan. Jami beşta xususiy uy vayron bölgan. Infratuzilma obektlari şikastlangan. 20 avtomobil jabrlangan», deya yozadi Starux telegram-kanalida.

Öz navbatida oblastning rossiyaparast ma’muriyati Rossiya armiyasi Ukraina qurolli kuçlari harbiylari kazarmasiga zarba berganini xabar qilgan.
«Zelenskiy jangarilarining 55-artilleriya brigadasi jazo otryadi kazarmasida yorongul («Geran») guldastalari gulladi», deya yozgan Zaporijjya harbiy-fuqarolik ma’muriyati boş kengaşi a’zosi Vladimir Rogov öz telegram-kanalida.
Rossiyalik harbiylar Erondan qabul qilib olingan Shahed-129 rusumli kamikadze dronlariga «Geran» (yorongul) deb nom berişgan.
Ukraina havo kuçlari zarbalar Rostov oblasti va Ryazandagi samolyotlardan foydalanganini ma’lum qilgan.
Ukraina harbiylari 9 oktyabrga ötar keçasi Ryazandagi aerodromdan oltita Tu-22M3 bombardimonçi samolyoti, Rostov oblastidagi Marinovka aerodromidan yettita Su-35 samolyoti havoga kötarilganini aniqlagan.
Ukrain harbiylariga köra, bu samolyotlar Melitopol va Berdyansk hududlaridan turib Zaporijjyaga zarbalar yöllagan.
Xususan, Ukraina havo kuçlariga köra, Tu-22M3 bombardimonçilaridan törtta X-22 qanotli raketalari, Su-35 samolyotlaridan esa ikkita boşqariluvçi X-59 aviatsiya raketalari uçirilgan.

















