08:29 / 10.10.2022
6638

AEXA: ZAESning energiya tizimi bilan aloqa liniyasi tiklandi

Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) vakillari bir kun avval shikastlangan elektr tarmog‘i bilan aloqa liniyasi tiklangani va obekt Ukraina elektr tarmog‘iga qayta ulanganini tasdiqladi. Bu haqda agentlik bosh direktori Rafael Grossi Twitter'da yozgan. 

Foto: CNN

Biroq, bu qabul qilib bo‘lmaydigan vaziyatda faqat «vaqtinchalik yengillik», deya qo‘shimcha qildi u va Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi atrofida xavfsizlik zonasini yaratish zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

Bundan oldin Putin Zaporijjya AESni Rossiya mulkiga o‘tkazish haqidagi farmonni imzolagandi.

Rossiya prezidenti hukumatga «Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi atom energiyasidan foydalanish obektlarining federal mulkka qabul qilinishini ta’minlash»ni topshirdi. 

Bundan tashqari, stansiyaning ishlashi uchun «Zaporojskaya AES» Federal davlat unitar korxonasi va «Zaporojye AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot» OAJ tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top