Duşanba tongida Ukrainaning butun hududi böylab şaharlar yoppasiga raketa zarbalariga uçradi. Köp oylardan buyon ilk bor Kiyev markazi zarba ostida qoldi. Şuningdek, Lviv, Ternopil, Ivano-Frankivsk, Jitomir, Dnepr, Xarkiv, Konotop, Odessa, Kremençuk va boşqa şaharlarda kuçli portlaş ovozlari eşitildi.

Hujumlar ertalabki tiğiz vaqtda amalga oşirildi. Natijada tinç aholi vakillari orasida önlab qurbonlar va yaradorlar bor. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy butun mamlakat böylab energetika infratuzilma obektlari va tinç aholi öqqa tutilganini aytdi.

Kuzatuvçilarning aksari, bu zarbalar - Qrim köprigidagi portlaşlar uçun öç olişga qaratilganini aytmoqda. Buni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sözlari ham rad etmaydi. «Bugun tongda mudofaa vazirligi taklifi va Rossiya boş ştabi rejasi böyiça yuqori aniqlikda va uzoq masofaga harakatlanuvçi qurollar bilan Ukrainaning energetika, harbiy boşqaruv va aloqa obektlariga yoppasiga zarbalar berildi», dedi Putin Rossiya Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zolari yiğilişida.

«Agar bizning hududimizda terrorçilik harakatlari amalga oşirilişi davom ettirilsa, Rossiyaning javoblari keskin va miqyos jihatdan Rossiya Federatsiyasi darajasiga mos böladi», deya tahdid qildi u.

Kiyevga zarbalar

Kiyevda şaharning markaziy rayonlari - Şevçenkovskiy va Solomenskiydagi obektlarga hujum qilingan. Raketalardan biri Vladimirskaya köçasidagi Gruşevskiy haykali yonida, yana biri - yaqinda Vladimirskiy nişabligida qurilgan piyodalar köprigi yonida portlagan.

Sönggi ma’lumotlarga köra, Kiyevda sakkiz kişi halok bölib, 24 kişi yaralangan. Içki işlar vaziri maslahatçisi Rostislav Smirnovning aytişiça, hujum natijasida Kiyevda 15 dan ortiq avtomobil şikastlangan, ularning ayrimlari butunlay yonib ketgan.

Kiyev meri Vitaliy Kliçko ayrim zarbalar muhim infratuzilma obektlariga kelib tuşganini aytdi. Videokadrlarda raketalardan kamida bittasi bolalar boğçasi atrofiga - Şevçenko parkiga kelib tuşganini köriş mumkin. Rasmiylar  Şevçenko milliy universiteti, Xanenko muzeyi va Şevçenko nomidagi muzey ham şikastlanganini ma’lum qilgan.