Qirğiziston Milliy xavfsizlik qömitasi raisi Qamçibek Taşiyev mamlakat parlamentida ötgan yiğilişda Özbekiston bilan çegara delimitatsiyasi doirasidagi yer almaşuvlari haqida ma’lumot berdi. Uning aytişiça, kelişuv böyiça Özbekiston 4 485 gektar, Qirğiziston esa 19 699 gektar yer oladi.

Taşiyevga köra, Qirğiziston quyidagi yerlarga ega çiqadi:

  • Ğovasoy hududi (Ğovasoy daryosi ötgan hudud) – 12 949 gektar;
  • Ola-Buqa tumanidagi Kökserek qişloği – 105 gektar;
  • Ola-Buqa tumanidagi Bayastan qişloği – 212 gektar;
  • Ungar-Too toği – 35 gektar;
  • Qorasuv tumanidagi Oqtoş qişloği – 100 gektar;
  • Ola-Buqa tumanidagi Qorabeles qişloği – 25 gektar (avval Özbekiston tarkibida bölgan);
  • Şahrixonsoyning bir qismi – 19,5 gektar;
  • Sözak tumanidan qöşimça 500 gektar;
  • Özgan tumanidan qöşimça 500 gektar;
  • Örta töqay suv ombori – 1 009,5 gektar (tölaligiça);
  • Ola-Buqa tumanidagi Birinçi may va Kökserek qişloqlari;
  • Oqsoy tumanidagi Jyetigen, Kerben va «Aeroport» qişloqlari – 571 gektar;
  • Nooken tumanidagi Şamaldisoy qişloği – 1 088 gektar;
  • Aravon tumani – 148 gektar;
  • Qadamjoy tumanidagi Kökdala va Pildiriq hududlari – 1 013 gektar.

Şuningdek, Taşiyev Kampirravot suv ombori yaqinidagi 4 485 gektar yer Özbekistonga ötganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, suv omborida suvning gorizontal siğimi hajmi 908 metrdan 900 metrga tuşirilgaç, 1 246 gektar yer böşagan va bu yerlar Qirğizistonga ötgan.

«Avvallari Kampirravot suv omboridan faqat Özbekiston fuqarolari foydalana olardi. Endi esa boşqaruv teng yölga qöyiladi: ikki davlatdan 4 kişidan böladi. 70 yil davomida suv omboridan foydalanişni Özbekiston mustaqil belgilab keldi. Endi Qirğiziston fuqarolari suvdan erkin foydalana oladi: [ekinlarni] suğoriş, hayvonlarni suğoriş, baliq ovlaş va nasos bilan suv tortişlari mumkin böladi», dedi Taşiyev.

«Biz ğalaba qozondik deya olmayman, ammo bir qariç joyimizni ham bermadik. Ba’zilar yomon yerlarni oldik deyapti, unday emas, juda yaxşi, hosildor yerlarni oldik. U yerlarda hatto oltin ham bor, Özbekiston öz vaqtida oltita litsenziya bergan, şunga qaramay bu yerlarni olişga muvaffaq böldik», dedi qöşni davlat MXQ raisi.