Andijon şahridagi “Nodirabegim” madaniyat va istirohat boğida quritib yuborilgan köl (sobiq komsomol köli) qayta tiklanmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beryapti.
“Bu yerda avvallari juda obod maskan bölgan. 3-4 yil oldin bir tadbirkorga berilgan ekan. Tadbirkor tomonidan taşlandiq holatga olib kelib qöyilgan. Juda açinarli ahvolda.
Boğ hududi 16 gektar. Şundan 6 gektari – köl. Viloyat hokimimizning taşabbusi bilan, hudud oldin qanday bölgan bölsa, şunday holatga keltiriladi. Undan-da zör, odam kelib, madaniy hordiq çiqarib ketadigan maskanga aylantirilyapti. Uzoği 2 oyda katta özgariş böladi”, – dedi Kun.uz bilan suhbatda viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Iqboljon Tohirov.
Uning aytişiça, boğni viloyat hokimligi tasarrufiga ötkaziş çoralari körilyapti.





Bu köl quritib yuborilganiga ötgan oyda jamoatçilik faollari e’tibor qaratgan edi. Xususan, Kun.uz bir paytlar aholining sevimli maskani bölgan hudud abgor holatga keltirib, köl quritilgani haqida yozgandi.
Suriştiruvimizda ma’lum bölgandiki, Andijon şahar hokimining 2016 yil 7 dekabr kungi qaroriga asosan, boğ Toşkent şahrida faoliyat olib boruvçi “Green Land Invest” MÇJga 10 yil muddatga (kelgusida muddatini uzaytiriş şarti bilan) foydalanişga va rekonstruksiya qilişga berilgan.














