Yevropa ittifoqi bu qişda 15 minggaça ukrainalik harbiyni tayyorlamoqçi. Öquv markazlari Germaniya va Polşada joylaştiriladi, deb yozadi Welt am Sonntag (WamS) gazetasi 9 oktyabr, yakşanba kuni Yevropa ittifoqining yuqori martabali diplomatlari va tegişli rezolyutsiyalarga tayanib. Öquv missiyasi uçun mandat dastlabki ikki yil muddatga amal qiladi.

Naşrning yozişiça, «Siyosat va xavfsizlik qömitasi» (PSK) doirasida qabul qilingan qarorga köra, kadrlar tayyorlaş böyiça tegişli modul va tuzilmalar tezkorlik bilan yaratilişi kerak. Maqsad - Ukrainaning «hududiy yaxlitlik va suverenitetni himoya qiliş uçun mustaqil ravişda harbiy amaliyotlar ötkaziş» imkoniyatiga ega bölişi, deb yozadi gazeta. Kelajakda öqitiladiganlar soni 15 000 va undan köproqqa oşirilişi mumkin.

Taxminlarga köra, Polşada ukrainalik harbiylar kimyoviy, biologik va yadroviy qurollardan himoyalaniş, tibbiy yordam va kiberhujumlarga qarşi kuraş böyiça öqitiladi. Dastur şuningdek, harbiy logistika, qurollarni ta’mirlaş, şahar şaroitida jangovar harakatlar, havo mudofaasini taşkil etiş va artilleriyani joylaştiriş masalalarini öz içiga oladi. Germaniyada maxsus öquv bölinmalari minalardan tozalaş yoki uruş taktikasini örgatadi. Ukraina harbiylari uçun kurslar Yevropa ittifoqining boşqa davlatlarida ham taşkil etiladi. WamS ma’lumotlariga köra, yangi öquv missiyasini joylaştiriş töğrisidagi qaror Yevropa ittifoqi taşqi işlar vazirlari tomonidan 17 oktyabr kuni Lyuksemburgdagi yiğilişda qabul qilinişi kerak.

Yevropa ittifoqi yaqin oylarda Ukrainaga harbiy yordamni ham sezilarli darajada oşirmoqçi. Şu maqsadda Yevropa Tinçlik jamğarmasi (EFF) mablaği 2027 yilga borib hozirgi 5,7 milliarddan 10-12 milliard yevroga oşiriş kerak. Xususan, bu mablağlar Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlar tomonidan Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişni qisman moliyalaştiradi. Biroq hozirça aniq qarorlar qabul qilingani yöq, deya qayd etgan nemis naşri.