Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarşi Yevropa sanksiyalarini çetlab ötişga kömak körsatadigan Yevropa ittifoqi içida va taşqarisida bölgan şaxslarni jinoiy javobgarlikka tortiş uçun keng vakolatlar beruvçi yangi sanksiyalar paketini işlab çiqdi. Ötgan haftada qabul qilingan uşbu paket «jismoniy va yuridik şaxslar, taşkilotlar va kompaniyalar»ni qora röyxatga kiritiş imkonini yaratadi, deb xabar berdi Bloomberg 9 oktyabr kuni xabardor manbalarga tayanib. 

Agentlik ta’kidlaşiça, sanksiyalar mexanizmiga ham jismoniy şaxslarni, ham butun kompaniyalarni, hattoki YeI yurisdiksiyasidan taşqarida ham jazolaş imkonini beruvçi ekstraterritorial jihatning kiritilişi Yevropa ittifoqi siyosatida katta özgarişlardan dalolat beradi. Bundan buyon jazo çoralari, masalan, Rossiyaning taqiqlangan tovarlarini uçinçi davlat orqali Yevropa ittifoqiga olib kirgan, haqiqiy kelib çiqqan mamlakatini yaşirgan yoki Rossiyaga taqiqlangan tovarlarni eksport qilgan şaxslarga nisbatan qöllanilişi mumkin. 

Bloomberg xabariga köra, yangi sanksiyalar mexanizmi boşqalarga çeklovlarni çetlab ötişga yordam beradigan Yevropa ittifoqi mamlakatlari fuqarolariga nisbatan ham jazo çoralarini qöllaş imkonini beradi.