AQŞ prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukraina şaharlari böylab 10 oktyabr kuni yöllagan havo zarbalarini qat’iy qoraladi. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilingan.

«AQŞ bugun Rossiya tomonidan Ukrainaga, jumladan Kiyevga qarşi berilgan raketa zarbalarini keskin qoralaydi. Bu hujumlar oqibatida tinç aholi vakillari halok böldi va yaralandi, heç qanaqasiga harbiy maqsadlari bölmagan obektlar vayron qilindi. Bu zarbalar yana bir bor Putinning ukrain xalqiga qarşi noqonuniy uruşining haddan taşqari şafqatsizligini namoyiş etadi», — deyiladi bayonotda.

U qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanuvçilarga tezroq soğayib ketişini tilagan.

Bayden ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotda Vaşington Kiyevga «özini himoya qiliş uçun zarur bölgan» yordam, jumladan, eng ilğor havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berişiga işontirgan.

«Bu hujumlar Ukraina xalqini qança kerak bölsa şunça qöllab-quvvatlaş qarorimizni yanada mustahkamlaydi. Ittifoqçilarimiz va hamkorlarimiz bilan biz Rossiyani tajovuzkorligi uçun jazolaşda davom etamiz, Putin va Rossiyani vahşiylik va harbiy jinoyatlar uçun javobgarlikka tortib, Ukraina kuçlariga öz mamlakati va erkinligini himoya qiliş uçun zarur bölgan yordamni beramiz.

Biz yana bir bor Rossiyani bu asossiz tajovuzni zudlik bilan töxtatişga va öz qöşinlarini Ukrainadan olib çiqib ketişga çaqiramiz», — deya qayd etgan Amerika prezidenti.  

10 oktyabr kuni Rossiya qöşinlari Ukraina böylab yoppasiga raketa yoğdirdi, natijada 14 kişi halok bölib, 97 kişi yaralangan. Kiyev markazi va butun mamlakat böylab fuqarolik infratuzilmalari şikastlangan, 1300 dan ortiq aholi yaşaş manzillari çiroqsiz qolgan.

Energetika infratuzilmasi öqqa tutilgani va zararlangani tufayli, Ukraina öz energiya tizimini barqarorlaştiriş uçun 11 oktyabrdan Yevroittifoqqa elektr energiyasi eksportini töxtatib turişga qaror qildi. Şuningdek, aholidan yuklama oşib ketmasligi uçun elektr energiyasini tejaş söralgan.

Ğarb davlatlari Rossiya raketa zarbalarini qat’iy qoralab, buni «varvarlik» va «harbiy jinoyat» deb baholamoqda.

Putin raketa zarbalari 8 oktyabr kuni Qrim köprigida röy bergan portlaş uçun javob ekanini aytgan. Kremlda bu hodisa «terakt» deb baholangan va uni Ukraina maxsus xizmatlari uyuştirgani da’vo qilingan.

Forbes naşri hisoblaşiça, Rossiya 10 oktyabr kuni Ukraina böylab raketa zarbalari beriş uçun kamida 400 million dollar (700 milliongaça) sarflagan. Bu summa faqat nişonlarga tekkan 41 raketa va 11 ta dronni öz içiga oladi.