Özbekiston hukumati birinçi bosqiç talabalari uçun ijara haqi tölaş masalasida bir martalik aksiya e’lon qildi. Bu haqda huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasining bayoniga binoan, talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan uzoq hududlardan kelgan birinçi kurs talabalariga, istisno tariqasida, OTMlarga ajratilgan mablağlar doirasida sentabr va oktabr oylari uçun ijara şartnomasi talab etmasdan ijara kompensatsiyasi tölab beriladi.
Ijara şartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan tölovlar davom ettiriladi.
Bunda, OTMlar tomonidan birinçi kursda tahsil olayotgan, ijarada yaşayotgan talabalar röyxatini şakllantiriş hamda ijara kompensatsiya tölovlarini amalga oşiriş yuzasidan rektor (direktor) buyruği rasmiylaştirilib, tegişli mablağlar tölanişi belgilandi.
Bu nima degani?
Ma’lumki, ötgan yildan boşlab talabalar turar joyida joy yöqligi uçun ijarada turişga majbur bölgan talabalarga ijara kompensatsiyasi tölaş tartibi yölga qöyildi. Buning uçun talaba ijara şartnomasini özi öqiyotgan OTMga topşirişi kerak edi.
Bu tartib hozir ham kuçida. Ya’ni qaysidir talaba ijarada turgan bölsa, u neçançi kursda öqiyotganidan qat’i nazar, ijara kompensatsiyasi olişga haqqi bor.
Endi, yangi tartibga köra, 1-kurslar uçun istisno belgilandi. Ya’ni yotoqxonaga joylaşa olmagan 1-kurs talabalari “Men ijarada turdim” deb aytsa kifoya. Ularga sentabr va oktyabr oylari uçun ijara kompensatsiyasi heç qanday ijara şartnoma talab etilmasdan tölab beriladi. Agar ular yana kompensatsiya olmoqçi bölsa, unda noyabr oyidan boşlab ijara şartnoma körsatişi kerak böladi. Bu istisno faqat 1-kurslarga berildi. Katta kurslar sentabr va oktyabr oylari uçun ham ijara şartnoma taqdim etsagina, kompensatsiya olişadi.
Ijara kompensatsiyaning miqdori qança?
Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va öziga, şu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegişli bölmagan uyda ijarada yaşaydigan talabalarga ular tomonidan tölanadigan oylik ijara tölovining 50 foizi budjet mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
Har oylik ijara pulining 50 foizi (Toşkent şahrida 300 ming sömgaça, qolgan hududlarda esa 150 ming sömgaça) davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim şaklida, davlat granti yoki tölov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yaşaydigan talabalarga qoplab beriladi.












