Şvetsiya Rossiyaga qirollikning maxsus iqtisodiy zonasida sodir bölgan «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlariga yetkazilgan zarar sabablarini örganiş natijalarini taqdim etişdan boş tortdi. Boş vazir Magdalena Anderssonning 10 oktyabr, duşanba kuni jurnalistlarga ma’lum qilişiça, Şvetsiyada suriştiruvlar «maxfiy» hisoblanadi va bu iş uçun ham amal qiladi.

Har bir davlat öz tergovini ötkazişda erkin, deya qöşimça qildi siyosatçi örab olingan voqea joyi atrofi oçib qöyilganiga işora qilib. Rossiya bir neça bor Daniya va Şvetsiyaning «Şimoliy oqim» böyiça tergoviga qöşiliş istagini bildirgan.

Ayni paytda, Germaniyada 10 oktyabrdan buyon Federal prokuratura bu işni tergov qilmoqda. Mahkama vakilining sözlariga köra, «har ikkala quvur tarmoği ham kamida ikkita portlaş oqibatida ataylab şikastlangani haqida yetarli dalillar mavjud». Federal prokuratura bu energetika infratuzilmasiga jiddiy hujum bölib, mamlakat xavfsizligini xavf ostiga qöyganini ta’kidladi.

Öz navbatida, Germaniya adliya vaziri Marko Buşman nemis rasmiylari yevropalik hamkorlar bilan birgalikda bu qöporuvçilik uçun kim javobgar ekanligini aniqlaşiga işontirdi. «Biz «Şimoliy oqim» gaz quvurlariga qilingan hujumdan qörqib ötirişimizga yöl qöymaymiz», — dedi u jurnalistlarga.

26 sentabrga ötar keçasi Daniyaning Bornholm oroli yaqinidagi Daniya va Şvetsiya maxsus iqtisodiy zonalarida «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim-2» quvurlariga şikast yetganligi aniqlandi. Avvalroq Skandinaviyadagi ikki davlat seysmologlari uşbu hududda suv ostidagi portlaşlarni qayd etgan edi.

Gaz quvurlarining şikastlanişi natijasida boşlangan gaz sizib çiqişi oktabr oyi boşida töxtadi. 9 oktyabr kuni Germaniya hodisa sabablarini tekşirişni boşladi: şu kuni Germaniya harbiy-dengiz kuçlarining ikkita kemasi ğavvoslar bilan Bornholm oroliga yöl oldi, ular quvurlarga yetkazilgan zararni hujjatlaştirişi kerak.