“Tölov tizimi operatori va tölov taşkilotlarini nazorat qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Nizom Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziyaga ega bölgan tölov tizimi operatori va/yoki tölov taşkilotlariga nisbatan qöllaniladi. Nazorat maqsadi tölov tizimi operatori va tölov taşkiloti faoliyatining “Tölovlar va tölov tizimlari töğrisida”gi qonunga va uşbu qonunga asosan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini tekşirişdan iborat.
Tölov tizimi operatori va tölov taşkilotlari faoliyatini nazorat qilişda Markaziy bank:
- tölov tizimi operatori va tölov taşkilotlari faoliyatini bir yilda köpi bilan bir marta inspeksiyadan ötkazişi, bank hisobvaraqlari, reyestrlar, hujjatlarni tekşiriş, ulardan axborot va ma’lumotlar, şu jumladan şaxsiy ma’lumotlarni öz içiga olgan ma’lumotlarni oliş, Markaziy bank vakolati doirasidagi boşqa harakatlarni amalga oşiriş;
- muhim tölov tizimi faoliyatida uzilişlar röy berganda navbatdan taşqari tekşiruvlarni amalga oşiriş;
- tölov taşkilotlari tomonidan körsatiladigan tölov xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi;
- “Tölovlar va tölov tizimlari töğrisida”gi qonun hujjatlari buzilgan hollarda tölov tizimi operatori va tölov taşkilotlariga nisbatan çora va sanksiyalarni qöllaydi.
Markaziy bank nazoratni bilvosita (masofaviy) va bevosita (joyida) amalga oşiradi. Markaziy bank ma’lumotlarni şu jumladan, şaxsiy ma’lumotlarni töplaş, tölov tizimlari faoliyati töğrisidagi hisobot va axborotlar hamda boşqa hujjatlarni tahlil qiliş orqali tölov tizimi operatori faoliyatini baholaydi.
Tölov tizimi operatori Markaziy bankka 1 (bir) yilda bir marta taşqi audit hisoboti olingan kundan e’tiboran 15 (ön beş) kun içida moliyaviy hisobotlar va taşqi auditor hisoboti maxsus ilovasini taqdim etişi kerak.
Tölov tizimi operatori PCI DSS xalqaro standart talablariga muvofiq malakali xalqaro baholovçilar baholaş natijalarini muntazam ravişda Markaziy bankka taqdim etişi kerak.
Muhim tölov tizimlari faoliyatini monitoring qiliş orqali Markaziy bank: tölov tizimlarini nazorat qiliş siyosati asosida muhim tölov tizimlari xalqaro standartlarga va Markaziy bank talablariga muvofiqligi yuzasidan baholaşni ötkazadi; tölov tizimlarini nazorat qiliş siyosatiga kiritilgan moliya bozori infratuzilmalari uçun tamoyillari asosida muhim tölov tizimi operatorlari faoliyatini takomillaştiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqadi.











