Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida yil boshidan beri qancha talabaning kontrakti to‘langani ma’lum qilindi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yetmish birinchi sessiyasida oxirgi 9 oyda “Yoshlar daftari”dagi yoshlar uchun ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha hisobot berildi.
Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Abdulaziz Nazirovning ma’lumot berishicha, yil boshidan beri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 6216 nafar yoshga 30 milliard 745 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Bularning eng asosiysi asbob-uskuna va mehnat qurollariga sarflangan. Shuningdek “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘proq ta’lim kontraktini to‘lab berish masalasida yordam ko‘rsatilgan.
“Masalan, 1843 nafar talabaga 11 milliard 630 million so‘m kontrakt pulini to‘lab berdik. Rejamizda yoshlarning 3 milliard 100 million so‘mlik kontraktini to‘lash ko‘zda tutilgan”, – dedi Abdulaziz Nazirov.
Bundan tashqari, hisobotda aytilishicha, 1163 nafar imkoniyati cheklangan yoshga 1 milliard 484 million so‘m bir martalik yordam ajratilgan.
Mavzuga oid
18:22 / 15.07.2026
Toshkentda bekatlar yana almashmoqda: odamlar rozimi?
11:57 / 14.07.2026
Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:48 / 06.07.2026