«Buzilmas birodarlik»ning buzilişi. KXŞT Rossiyadan boşqa kimga kerak?
|21:32 / 12.10.202228 2969 min
SSSR xarobalarida taşkil etilgan Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti bugungi kunda noyob birlaşmaga aylandi. Uşbu blok tuzilgan davlat hozirda uning a’zosi emas (Özbekiston), oltita iştirokçi davlatdan ikkitasi boşqa davlatlar bilan uruş holatida, lekin öz kuçlari bilan kuraşmoqda, yana ikkitasi esa bir-biri bilan doimiy kelişmovçilikka ega. Bu qanday taşkilot va uning kelajagi bormi?
Foto: Getty Images Foto: Getty Images
Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) böyiça sönggi ma’lumot 9 oktabr kuni yuz berdi: Qirğiziston öz hududida uşbu taşkilot tinçlikparvar kuçlarining maşğulotlari ötkazilişini xohlamadi. 10-14 oktabr kunlari Qirğizistonning Issiqköl viloyatida taşkilotning «Buzilmas birodarlik – 2022» nomli qömondonlik-ştab öquv maşğulotlari bölib ötişi kerak edi, biroq bu amaliyot heç qanday sabab körsatilmasdan bekor qilindi.
10 oktyabr kuni jurnalistlar Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan Rossiya va Qirğiziston örtasida qandaydir kelişmovçilik bor yoki yöqligi haqida söragan. Peskov ularga «Yöq» deya javob bergan.
KXŞTga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston kiradi. Issiqköl viloyatining Baliqçi şahrida bölib ötişi kerak bölgan maşğulotlarda öt oçişni töxtatiş rejimini ta’minlaş maşq qilinişi rejalaştirilgan edi. Ammo aftidan taşkilotning hamma a’zosi ham KXŞTning öt oçişni töxtata oliş qobiliyatiga işonmaydi. Masalan, sentabr oyi oxirida Armaniston KXŞTning Qozoğistonda bölib ötuvçi maşğulotlarida qatnaşişdan boş tortdi.
«Otmaydigan pistolet»
KXŞTning harakatlari yoki harakatsizligidan taşkilotga a’zo davlatlardagi köpçilik siyosatçilar norozi. Sentabr oyi örtalarida Yerevanda Armanistonning KXŞTdan çiqişi va yangi ittifoqçilar bilan muzokaralar boşlaşi talabi qöyilgan miting bölib ötdi. Bunga KXŞTning sentabrda qayta alangalangan Ozarboyjon bilan töqnaşuv zonasiga harbiy kuçlar yuboriş haqidagi Armaniston söroviga passiv munosabat bildirgani sabab böldi. Namoyişçilarni parlament spikeri Alen Simonyan va Xavfsizlik kengaşi kotibi Armen Grigonyan qöllab-quvvatladi.
Simonyan KXŞTni «otmaydigan, faqatgina uriş yoki körsatiş mumkin bölgan pistolet»ga qiyosladi.
«Şubhasiz, biz juda norozimiz. Umidlar oqlanmadi. Va xalq vakili sifatida, xalq bilan aloqada bölgan holda, biz ularga KXŞT nima uçun qilişi kerak bölgan vazifalarini qilmayotganini uzoq vaqt tuşuntira olmaymiz. Albatta, biz bundan xulosa çiqarişimiz kerak, biz buni qilyapmiz va allaqaçon qilib ham böldik», — degan Simonyan Armaniston jamoat televideniyesi efirida.
Namoyişlar AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Yerevanga taşrifi bilan bir vaqtga töğri keldi. Ertasi kuni, 19 sentabrda AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinkenning Armaniston va Ozarboyjon taşqi işlar vazirlari bilan Nyu-Yorkda uç tomonlama uçraşuvlar ötkazişi ma’lum böldi.
«Rossiya endi muhim iştirokçi bölmaydi»
Mavzuga oid
Siyosatşunos Anatoliy Nesmiyanning fikriça, Rossiya Kavkazorti va Markaziy Osiyo mintaqalarini tark etiş arafasida, çunki u taşqi siyosiy yukdan qutulmoqçi, ikki mintaqadagi munosabatlar muvozanati sezilarli darajada özgarib bormoqda.
«Şuning uçun ham AQŞ, iloji boriça, töğridan töğri iştirokni çeklagan holda yangi muvozanatni örnatiş yöllarini qidirmoqda. Katta ehtimol bilan amerikaliklar Armanistonni Yevropa va NATOga «ötkazişga» harakat qiladi. Çunki Turkiya ham NATO a’zosi va alyans doirasida Anqara bilan mintaqadagi vaziyat böyiça kelişiş osonroq keçadi (Ozarboyjon asosan Turkiyaga suyanmoqda).
Bularning barçasi SSSR parçalanişidan oldingi vaziyatni eslatadi: öşanda ham SSSR ta’sir zonalarini bölib oliş boşlangan, Kreml esa özini heç narsani körmayotgandek tutişga majbur bölgandi. Çunki Moskva sodir bölayotgan voqealarga reaksiya bildiriş uçun resurslarga ega emasdi.
Rossiya ham bugungi kundagi siyosiy jarayonlarda öz ta’sirini yöqotmoqda. Sababi u Ukraina yerlarida resurslarini deyarli tugatdi va endi armiyasini ham tugatmoqda. Natijada esa Moskva özining sobiq ta’sir doiralarida qandaydir qarorlar qabul qilişda iştirok etişining gipotetik imkoniyatlaridan ham ayrilyapti», — deydi ekspert.
KXŞT qanday va nima uçun taşkil etilgan edi?
Sovet Ittifoqi parçalanganidan köp ötmay, 1992 yil 15 mayda olti possovet respublikasi – Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston Toşkentda Kollektiv xavfsizlik şartnomasini imzoladi. Keyingi yili kelişuvga Ozarboyjon, Gruziya va Belarus ham qöşildi.
Foto: Getty Images
Keçagina yagona armiyaga ega yagona davlat bölgan mamlakatlar hududida harbiy-siyosiy blokning taşkil etilişi tobora kuçayib borayotgan parçalaniş jarayonida kuçlarni töplaşning tabiiy ehtiyoji kabi körinardi.
Dastlab, KXŞT NATOga raqib sifatida taşkil qilingan, ammo uning analogi bölmagan. Öşa paytdayoq a’zolar orasida SSSR davrida töplanib qolgan va ittifoq qulaşi bilan kuçaygan bir neça qarama-qarşiliklar közga taşlangandi.
Tölaqonli harbiy alyansni şakllantirişga birinçi navbatda, uning a’zolari orasida hal qilinmagan hududiy nizolar mavjudligi va taşkilotning eng kuçli a’zosi — Rossiyaning davlat siyosati darajasiga kötarilgan öz ta’sir doirasini, xususan, harbiy yöl bilan kengaytiriş istagi tösqinlik qildi.
Şartnoma imzolangandan beş yil ötib, Özbekiston, Gruziya va Ozarboyjon KXŞTdan çiqib ketdi (Özbekiston 2006 yilda qaytişga qaror qildi, biroq 2012 yilda qarorini özgartirib, taşkilotni yana tark etdi).
Ayni paytda KXŞTga Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston davlatlari a’zo.
Moskvaning «saxiyligi» tölov talab qiladi
Kuzatuvçilar KXŞTni köpinça amorf taşkilot (noaniq maqsad va tuzilişga ega) deb ataydi. Taşkilot özining butun faoliyati davomida faqat bir marta harbiy kontingentdan foydalangan: 2022 yil yanvarida ommaviy tartibsizliklar yuz berayotgan Qozoğistonga tinçlikparvar kuçlarni yuborgan.
«Mamlakatga keluvçi KXŞT bölinmalari yo politsiya operatsiyalarida iştirok etadi, yoki qöriqlaş bilan şuğullanadi», – degan edi Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev. U öz xavfsizlik kuçlarining sodiqligiga jiddiy şubha bilan qaradi va mamlakatga bostirib kirgan 20 ming xorijlik terrorçilarga qarşi kuraşiş uçun tinçlikparvar kuçlarni jönatişni söradi. Keyinçalik buni (terroristlar bostirib kirganini) isbotlovçi heç qanday işonçli dalillar keltirilmadi. Biroq Putin Töqayevni qöllab-quvvatladi.
«Qozoğiston şaharlaridagi KXŞT qöşinlari Rossiyaning Nur-Sultondagi siyosiy rejim ustidan tölaqonli ta’siri va nazoratining ramziy belgisi böldi», — deydi Vaşingtondagi Milliy mudofaa universiteti professori Erika Marat.
Qöşni Qirğiziston KXŞTdan uç marta: 1999 yil, Afğoniston va Tojikistondan qurollangan islomiy jangarilar mamlakatga bostirib kirganda, 2010 yil, Öş va Botkenda qirğizlar va özbeklar örtasida qonli millatlararo nizo kelib çiqqanda, 2021 yil, tojik-qirğiz çegarasida navbatdagi, ammo ança keskin qurolli töqnaşuv yuz berganda yordam söragan. Ammo uç marotaba ham rad javobini olgan.
Qirğiziston siyosatçilari va jamoat arboblari oxirgi paytlarda juda köp bora «Qirğizistonga KXŞT kerakmi?» deya savol qöymoqda.
Foto: Getty Images
Köpçilik ekspertlar KXŞT Rossiyaning harbiy ta’sirini saqlab qoliş quroliga aylanganini va Moskvaning «saxiyligi» uçun haq tölaş kerakligini eslatib turuvçi vosita bölib qolganini aytmoqda. Misol tariqasida, Belarusdagi vaziyat tez-tez tilga olinadi. Uning rahbari Aleksandr Lukaşenko Kreml unga 2020 yilda hokimiyatni saqlab qolişda yordam bergani uçun hozirda Vladimir Putinning barça istaklarini bajaryapti.
Lukaşenkodan boşqa KXŞTga a’zo davlatlar rahbarlarining heç biri Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qöllab-quvvatlamadi. Bu esa uruşda Rossiya tarafini olayotganlar orasida ğazabga sabab böldi. Ular taşkilotni ittifoqçilarning «Rossiya duşmanlari bilan hamkorlik qiladigan» pardasi deb atadi.
«Kim Rossiyaga qarşi ovoz berganiga qarab hayron qolasiz. Hali keç bölmasidan KXŞT deb nomlangan bu komediyani tugatiş kerak emasmikan?» — deya yozadi kremlparast topwar.ru portali muallifi.
Ukrainaga qilingan hujumdan söng Rossiyaning xalqaro obrösi şu darajaga tuşdiki, KXŞTning köplab a’zolari Moskvadan uzoqlaşişga qarşi emaslar. Ammo hamma ham yangi ittifoqçilar topa oladimi — bu katta savol.