Hongkong ma’muriyati rahbari Jon Li 11 oktyabr, seşanba kuni AQŞ, Yevropa ittifoqi va Buyuk Britaniya tomonidan Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkorligi munosabati bilan sanksiyaga uçragan oligarx Aleksey Mordaşovga tegişli deb hisoblangan Nord superyaxtasini xatlovga oliş haqidagi AQŞ çaqiriğini rad etdi. Yaxta Hongkong portiga 5 oktabr kuni yetib kelgan.

Jon Li jurnalistlarga aytişiça, Hongkong «faqat BMT sanksiyalarini qöllaydi, bu bizning tizimimiz, qonun ustuvorligimiz». Hongkong rasmiylari, şuningdek, alohida hukumatlar tomonidan bir tomonlama joriy qilingan sanksiyalarni qöllamasligini ma’lum qildi. «Biz qonuniy asoslar bölmagunça heç narsa qila olmaymiz», dedi Li.

Bir kun oldin AQŞ Davlat departamenti vakili Hongkongning xalqaro moliya markazi sifatidagi maqomi yomonlaşişi va işbilarmonlik muhiti şaffofligi şubha ostiga qöyilişi mumkinligini aytdi. Bu, agar uning rasmiylari bir neçta yurisdiksiyalarda sanksiyalar ostida bölgan şaxslarga Hongkongdan xavfsiz boşpana sifatida foydalanişga ruxsat bersa, amalga oşişi mumkin. 2020 yilda AQŞ Hongkongda demokratiya uçun taşkil etilgan norozilik namoyişlarini bostirgani uçun bir qator xitoylik amaldorlarga, jumladan Jon Liga ham sanksiyalar kiritdi.

Mordaşov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqada deb hisoblanadi. Tadbirkor «Severstal» metallurgiya konsernining asosiy aksiyadorlaridan biri bölib, uning boyligi 18 milliard dollarga baholanmoqda. Nord yaxtasi uzunligi 141,6 metr, 20 ta kabina, suziş havzasi va ikkita vertolyot maydonçasiga ega. Kemaning narxi 516 million yevroga baholanmoqda.

Bu yil AQŞ va Yevropa davlatlari Rossiya oligarxlarining Ukrainadagi uruş tufayli sanksiyaga uçragan öndan ortiq superyaxtalarini xatlovga oldi, biroq ularning ba’zilari kemalarni Turkiya yoki Birlaşgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarga olib ketişga muvaffaq böldi, u yerda ğarb sanksiyalari tahdid solmaydi.