Rossiyada oziq-ovqat embargosi, ya’ni Rossiyaga xorijiy davlatlardan bir qator tovarlarni yetkazib berişni taqiqlaş 2023 yil oxirigaça uzaytirildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 11 oktyabr, seşanba kuni imzolangan tegişli farmoni huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi.

Yevropa ittifoqi, AQŞ, Avstraliya, Norvegiya, Kanada va Ukrainadan göşt, kolbasa, baliq va dengiz mahsulotlari, sabzavotlar, meva va sut mahsulotlarini Rossiyaga olib kirişni taqiqlaşni nazarda tutuvçi «alohida maxsus iqtisodiy çoralar» 2014 yil avgust oyida joriy etilgandi. Moskvaga köra, ular «Rossiya xavfsizligini ta’minlaş»ga qaratilgan.

Çeklovlar öşa yilning boşida Ukrainaning Qrim yarimoroli Rossiya tomonidan annexia qilinişi munosabati bilan Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etgan mamlakatlarning mahsulotlarini öz içiga olgan.

2015 yil iyul oyida Vladimir Putin Rossiyaga noqonuniy olib kirilgan ğarb tovarlarini yöq qiliş töğrisida qaror çiqardi. 5 yil davomida Rosselxoznadzor importi taqiqlangan 36,17 ming tonna mahsulotni aniqladi va yöq qildi.

Bugungi kunga qadar uşbu «oziq-ovqatga qarşi sanksiyalar» Rossiyada yetti marta uzaytirildi.

YUNISEFning 2021 yil yozida e’lon qilingan dunyodagi oziq-ovqat xavfsizligi töğrisidagi hisobotida aytilişiça, 2018-2020 yillar davomida Rossiyada töqqiz milliondan ortiq odam oziq-ovqat tanqisligi şaroitida va oçarçilik yoqasida yaşagan.

BMT ma’lumotlariga köra, bu davrda 400 ming rossiyalik «öta zaif» guruhga kiritilgan. Bular oçarçilik yoqasida yaşovçi va kerakli miqdorda oziq-ovqat ololmaydigan odamlardir.

Şu bilan birga, 8,7 millionga yaqin odam (öşa paytdagi Rossiya aholisining qariyb 6 foizi) «örtaça zaif» toifasiga kirdi. Ular har kuni ovqatlangan, lekin porsiya va sifatni tejaşga majbur bölişgan.