Samarqand viloyati Past Darğom tumanidan oqib ötuvçi kanaldan 18 yoşli qizning jasadi topilgan. Bu haqda Boş prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Past Darğom tumani hududidan ötuvçi kanalda yoş qizning jasadi topilgani haqida xabarlar e’lon qilingan. Aniqlanişiça, 2022 yil 1 oktyabr kuni Past Darğom tumani Kamolot mahallasi hududida joylaşgan yerteşar suv taqsimlaş kanalida Samarqand şahrida yaşagan 18 yoşli Yu.M. (ayol)ning murdasi topilgan.
Mazkur ölim sababini va boşqa holatlarni aniqlaş maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi hamda tegişli xizmat tekşiruvlari tayinlangan. Hozirda uşbu holat yuzasidan Past Darğom tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekşiriş mobaynida videoxabarda körsatilgan boşqa holatlar ham örganilib, huquqiy baho berilişi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, qizning jasadi Samarqanddagi Darğom kanalining Past Darğom tumanidan oqib ötuvçi qismidan topilgan. Avvalroq «Zör TV» telekanali muxbiri holat böyiça video tayyorlagan, unda qizning yaqinlari, onasi gapirgan. Lavhada aytilişiça, qiz avgust oyida uni zörlaşgani haqida ariza bergani, lekin iş tergov jarayonida töxtatilgani aytiladi.
Avvalroq internetda qiz avval zörlab keyin öldirilgani haqida turli xabarlar tarqalgandi. Videolavhada ham qizning qarindoşi uning jasadi qotillik alomatlari bilan topilganini aytgan.












