«Ukrainani qöllab-quvvatlaşni qanday qilib yanada kengaytirişni körib çiqamiz va havo hujumidan mudofaa tizimini kuçaytiriş asosiy ustuvor vazifa böladi», - dedi u. 

Stoltenberg Germaniya tomonidan Ukrainaga IRIS-T zenit kompleksi yetkazib berilişini olqişladi va hamkorlarni Rossiyaning Ukraina şaharlariga raketa hujumlari tufayli Kiyevni köproq turli vositalar va havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlaşga çaqirdi. 

Uning sözlariga köra, gap qisqa va örta masofaga möljallangan raketalardan, ballistik raketalardan, qanotli raketalardan va uçuvçisiz uçar qurilmalardan himoya haqida bormoqda. 

Qayd etilişiça, Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini zudlik bilan yetkazib beriş «şaharlar va mamlakatning köp qismini tinç aholi ölimi hamda muhim infratuzilmaning vayron bölişiga olib kelayotgan dahşatli va pala-partiş Rossiya zarbalaridan himoya qilişda» yordam beriş uçun zarur. 

NATO boş kotibi Rossiyaning raketa hujumlarini Putinning muqobil variantlari tugab borayotganining belgisi deb atadi.

Bundan oldin Litva Ukrainaning Şimoliy Atlantika alyansiga kirişini qöllab-quvvatlaşi ma’lum qilingandi.

Bu haqda Litva mudofaa vaziri örinbosari Margiris Abukeviçyus 12 oktyabr, çorşanba kuni Bryusselda oçilgan ittifoqqa a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yiğilişidan oldin Die Welt gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Abukeviçyusning fikriça, Ukraina iştirokida NATO Rossiya agressiyasiga qarşi tura oladi. «Sönggi yetti oy içida Ukraina özini Rossiyadan samarali himoya qila olişini va Moskvaning ekspansionizmi va revizionizmini jilovlay olişini körsatdi, - dedi siyosatçi. - Litva Ukrainaning ittifoqqa a’zo bölişini har doim olqişlab kelgan. Ukraina yevroatlantika hamjamiyatiga tegişli», dedi u.