«Rossiya Federatsiyasi FXX va Tergov qömitasining barça faoliyati - safsata. Bular Putin rejimiga xizmat qiluvçi soxta tuzilmalar, şuning uçun ularning muntazam bayonotlariga izoh bermaymiz», deb javob berdi Yusov.
FXX ma’lumotlariga köra, portlaşni Budanov uyuştirgan, unga möljallangan portlovçi moddalar xorijliklar yordamida Bolgariya, Gruziya va Armaniston orqali olib ötilgan.
Bundan oldin FXX Qrim köprigi portlatilgani işi böyiça uç davlat fuqarolari uşlanganini e’lon qilgandi.
Qölga olinganlar orasida Rossiya, Ukraina va Armaniston fuqarolari bor. FXX köprikni portlatiş taşkilotçisi sifatida Ukraina Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanovni körsatdi.
«Ayni paytda jinoyat işi doirasida jinoyatni tayyorlaşda iştirok etgan Rossiyaning beş nafar fuqarosi, Ukraina va Armanistonning uç nafar fuqarosi qölga olindi», — deyiladi 12 oktyabr, çorşanba kuni maxsus xizmat xabarida. Portlaş taşkilotçilari sifatida Ukraina Boş razvedka boşqarmasi va uning rahbari Kirill Budanov körsatilgan.
Rossiyani annexia qilingan Qrim yarimoroli bilan boğlovçi 19 kilometrlik köprikda 8 oktabr kuni ertalab portlaş sodir böldi. Qrim köprigining avtomobil qismida yuk maşinasi portlatib yuborilgan, şundan söng temiryöl poyezdining yonilği baklari yonib ketgan. Rossiya uçun strategik va ramziy ahamiyatga ega obekt jiddiy zarar kördi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, tört kişi halok bölgan.













