Mudhiş yöl-transport hodisasida jabrlangan ikki nafar şaxs ayni paytda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining jarrohlik bölimida davolanmoqda. Jabrlanuvçilardan biri avariya vaqtida Nexia-3 avtomobilining orqa qismida bölgan yölovçi bölib, markaz neyroxirurgi Doniyor Isroilov uşbu bemorning holati haqida quyidagilarni ma’lum qildi.

“Bemor boş miya jarohati, boş miya çayqalişi taşxisi bilan yotqizilgan. Markazimizda u kerakli barça tekşiruvlardan ötkazilib, zarur davolaş muolajalari tayinlangan. Nazoratda bölgan davrda bemorda miya simptomlari ança kamaygan. Özini yaxşi his qilmoqda”, deya Doniyor Isroilovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Doniyor Isroilov, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi şifokori, neyroxirurg Foto: Kun.uz

Şu örinda qiziq bir holat. Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi 9 oktyabrda sodir bölgan avariya haqida ma’lumot berarkan, hodisa oqibatida halok bölganlarning biri Nexia-3 haydovçisi ekani haqida xabar bergandi. Buni uşbu yöl-transport hodisa haqida turli naşrlarda çiqqan xabarlar ham tasdiqlaydi.

Biroq suriştiruvlarimiz davomida bu ma’lumot notöğri ekani ma’lum böldi. Avariyada halok bölganlarning har ikkisi Nexia-3 yölovçisi bölib, hodisada oğir jarohat olgan haydovçi hozir şifoxonada davolanmoqda.

Jamşid Jabborov, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi şifokori, jarroh Foto: Kun.uz

“Markazimizga olib kelingan vaqtda bemorda kökrak qafasi yopiq jarohati, 9 va 10-qovurğalar hamda bel umurtqasining sinişi, boş miya çayqalişi aniqlangan. Şu taşxislar bilan bemor şifoxonamizga yotqizilgan. Hozirgi kunda u kerakli muolajalarni olmoqda. Ahvoli qoniqarli. Bemorning hayotiga xavf soluvçi omillar yöq”, deydi Jamşid Jabborov.