«Katta yettilik» mamlakatlari moliya vazirlari Kiyevni Rossiyaning uşbu mamlakatga harbiy tajovuzkorligi munosabati bilan uzoq muddatli yordam davom ettirilişiga işontirdi. 12 oktyabr, çorşanba kuni Vaşingtonda bölib ötgan uçraşuvdan söng moliya idoralari rahbarlari: «Katta yettilik» Ukrainani qança vaqt kerak bölsa, şunça qöllab-quvvatlaşda davom etadi», deb ma’lum qildi. «Katta yettilik» mamlakatlari vakillari Ukrainaga qisqa muddatli moliyalaştiriş ehtiyojlarini qondirişda yordam berişga tayyor ekanliklarini bildirişdi, deb yozadi AFP agentligi.

Moliyaviy G7 Rossiyani Ukrainaga qarşi «adolatsiz va şafqatsiz uruş»ni zudlik bilan tugatişga çaqirdi. Vazirlar, şuningdek, Rossiya nefti narxini çeklaş masalasida «katta muvaffaqiyatga erişganliklarini» va Avstraliyaning bu vazifada iştirok etişini olqişladilar. Taxminlarga köra, bunday çora Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşni moliyalaştiriş imkoniyatlarini çeklaydi. Rossiyadan neftga narx çegarasining joriy etilişiga jahon energiya narxlari ösişini jilovlaş yöllaridan biri sifatida qaralmoqda.

Vaşingtonda «Katta yettilik» mamlakatlari moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlarining uçraşuvi Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) va Jahon banki boşqaruv organlarining kuzgi sessiyasi doirasida bölib ötdi. Hozirda G7'ga Germaniya raislik qilmoqda.

Rossiya nefti narxining maksimal çegarasi Yevropa ittifoqi tomonidan 6 oktyabrda tasdiqlangan Rossiyaga qarşi sanksiyalarning sakkizinçi paketida közda tutilgan. 2022 yil dekabridan Rossiya neftini, 2023 yil fevralidan esa Rossiyada işlab çiqarilgan neft mahsulotlarini uçinçi davlatlarga taşişga taqiq kuçga kiradi. Şuningdek, Rossiyadan neft bilan boğliq moliyaviy va boşqa xizmatlarni körsatiş taqiqlanadi.

Yevropa operatorlariga Rossiyadan neft va neft mahsulotlarini uçinçi davlatlarga faqat belgilanganidan past narxda sotib olingan taqdirdagina taşişga ruxsat beriladi. U aniq qanday bölişi kerakligi keyinroq aniqlanadi.

Sakkizinçi paketga, şuningdek, Rossiyadan jami 7 milliard yevrolik tovarlar, jumladan, tayyor pölat mahsulotlari, maşinalar, transport vositalari, ayrim kimyoviy moddalar, kiyim-keçak, çarm, keramika va zargarlik buyumlari importini taqiqlaş ham kiritilgan. Yangi sanksiyalar Yevropa ittifoqi fuqarolariga Rossiya davlat korxonalarida yuqori lavozimlarni egallaşni ham taqiqlaydi.