13 oktyabrdan Özbekiston va Eron hukumatlari viza jarayonlarini soddalaştiriş töğrisidagi bitim kuçga kirdi. Mazkur hujjat Eron prezidentining 14-16 sentabr kunlari Samarqandga taşrifi doirasida imzolangan edi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobiljonov ikki mamlakat işbilarmon va ilmiy doiralar vakillari, sayyohlik guruhlari uçun viza beriş tartib-taomillari yuzasidan izoh berdi.
Hujjatga köra, tomonlar işbilarmon va ilmiy doiralari vakillari, şuningdek, turistik guruhlari uçun viza berişning soddalaştirilgan tartibini joriy qiladi. Bunda:
- «işbilarmon doiralar vakillari» – bir davlatning (Özbekiston yoki Eron nazarda tutilmoqda) boşqa tomon hududida investitsiya va tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolari;
- «ilmiy doiralar vakillari» — bir davlatning (Özbekiston yoki Eron nazarda tutilmoqda) boşqa davlat hududida fan va ilmiy faoliyatni amalga oşiruvçi fuqarolari;
- «turistik guruh» — bir davlatning (Özbekiston yoki Eron nazarda tutilmoqda) bir vaqtning özida boşqa davlat hududiga turistik maqsadlarda kiruvçi 5 (beş)dan 20 (yigirma) kişigaça bölgan fuqarolari tuşuniladi.
Ikki davlat vakolatli organlari iştirokçi davlatlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegişli hujjatlarni olgandan söng, ularni 3 (uç) iş kuni içida (hujjat olingan kundan taşqari) körib çiqadi va hujjatlar ma’qullangan taqdirda viza beriş uçun tasdiqnoma rasmiylaştiradi.
Tomonlar davlatlarining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari quyidagi vizalarni taqdim etadi:
- bir tomon davlatining tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş maqsadida boşqa tomon davlatiga taşrif buyuruvçi işbilarmon doiralari vakillari uçun amal qiliş muddati 6 (olti) oygaça bölgan köp martalik kiriş vizasi;
- bir tomon davlatining fan va ilmiy faoliyatni amalga oşiriş maqsadida boşqa tomon davlatiga taşrif buyuruvçi












