Boş prokuratura huzuridagi departamentning Farğona viloyat boşqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, fuqarolar D.Q. va M.J. özaro til biriktirib, fuqaro D.ning işonçiga kirib, uning tanişi R.ni göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida tergov hibsxonasidan çiqarib, unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini ijobiy hal qilib berişni va’da qilib, evaziga 10 000 AQŞ dollarini olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Zangiota tuman bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, fuqaro B.N. fuqaro S.ning işonçiga kirib, uning Zangiota tumanidagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan otasini 5 000 AQŞ dollari evaziga tanişlari orqali muddatidan ilgari jazodan ozod qilib berişni va’da qilib, oldindan 35 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.