«Putin hazillaşmayotganini aytyapti. Töğri, u hazillaşiş darajasidagi pozitsiyada emas va şuni aytiş kerakki, Ukrainani, Yevropa ittifoqini va unga a’zo davlatlarni, AQŞ va NATOni qöllab-quvvatlovçi odamlar ham hazillaşib ötirmaydi. Ukrainaga qarşi har qanday yadroviy hujum harbiy javobni keltirib çiqaradi – yadroviy emas, ammo şunçalik kuçli böladiki, Rossiya armiyasi butunlay yöq qilinadi», — deya ogohlantirdi Borrel.

Bundan oldin Yevropa ittifoqi davlatlari Ukraina askarlarini tayyorlaş uçun Yevropa ittifoqi harbiy missiyasini (EU Military Assistance Mission (EUMAM) yaratişga kelişib oldi. Bu boradagi rasmiy qaror Yevropa ittifoqi taşqi işlar vazirlarining Lyuksemburgda 17 oktyabrda bölib ötadigan yiğilişida qabul qilinadi. 

Diplomatik manbalardan ma’lum bölişiça, missiyaning dastlabki qadamlaridan biri 15 ming ukrainalik askarni tayyorlaş böladi. Hozirda Yevropa ittifoqi davlatlari Ukrainaga ikki tomonlama asosda yordam bermoqda. Xususan, Bundesver Ukraina harbiylarini havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari va artilleriya qurilmalaridan foydalanişga örgatyapti. 

Avgust oyida YeI darajasida missiya yaratişni Yevropa ittifoqining taşqi siyosat va xavfsizlik böyiça oliy vakili Jozep Borrel taklif qilgan edi. U Yevropa tinçlik fondi (EFF) hisobidan moliyalaştiriladi.