“Qişloq xöjaligi sohasiga raqamli texnologiyalar ilğor tajribalarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi. 

Qişloq xöjaligi vazirligi agrosanoat majmuida yagona elektron platforma axborot tizimi (“Agroplatforma”)ni joriy etiş töğrisidagi taklifi ma’qullanadi.

Belgilanişiça, Qişloq xöjaligi vazirligi “Agroplatforma” böyiça işlarni muvofiqlaştiruvçi mas’ul davlat organi hisoblanadi, Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlaştiriş markazi” davlat muassasasi “Agroplatforma”ni işlab çiqiş, joriy etiş, uni texnik qöllab-quvvatlaş va takomillaştirib boriş uçun mas’ul operator etib belgilanadi.

“Agroplatforma” faoliyatini taşkil etiş bilan boğliq barça xarajatlar loyiha-texnik hujjatlariga asosan Qişloq xöjaligi vazirligi budjetdan taşqari mablağlari, xalqaro moliya institutlari va taşkilotlari grantlari hisobidan amalga oşiriladi. “Agroplatforma” yagona integratsion platforma - “Raqamli qişloq xöjaligi” tarkibiga kiradi hamda “Özbekiston axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri”da röyxatga olinadi.

Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi, Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi, tijorat banklari, “Agroservis”, “Özagrolizing”, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hamda  tuman (şahar) hokimliklari, qişloq xöjaligi yerlaridan foydalanuvçilari hamda tegişli korxona va taşkilotlar “Agroplatforma” orqali quyidagilarni: agrosanoat sohasidagi elektron xizmatlarni körsatişni; elektron hujjat aylanişini amalga oşirişni; integratsiyalaşuv asosida özaro ma’lumot almaşinuvini yölga qöyadi.

Qişloq xöjaligi vazirligi “Agroplatforma” doirasida qişloq xöjaligi yerlaridan foydalanuvçilar yagona reyestrini şakllantiriş va qişloq xöjaligi mahsuloti işlab çiqaruvçisi maxsus identifikatsiya raqamini beriş tartibini işlab çiqib, unga muvofiq işlarni taşkillaştiradi.

Davlat soliq qömitasi “Elektron hukumat” tizimi jismoniy va yuridik şaxslar markaziy ma’lumotlar bazalari bilan ma’lumot almaşinuvini amalga oşiriş orqali reyestrni joriy etadi.