Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskaya Yevropa ittifoqidan Aleksandr Lukaşenkoga bosimni kuçaytirişni va Birlaşgan ötiş davri muxolifati kabinetini (BÖMK) Belarus xalqi vakili sifatida töliq tan olişni söradi. Tixanovskaya 13 oktyabr, payşanba kuni Yevroparlament taşqi işlar qömitasi yiğilişida şunday çaqiriq bilan çiqdi.

Tixanovskaya Ukrainada davom etayotgan uruş fonida Belarus inqirozi yevropalik siyosatçilar uçun unçalik muhim bölmasligidan xavotirda. Biroq Belarus mintaqadagi mojaro taraflaridan biri, deydi u. «Erkin Belarus Putin terroriga qarşi eng kuçli sanksiya böladi. Erkin Ukraina uçun esa eng yaxşi tayanç Rossiya mustamlakasi bölmagan erkin Belarus bilan ming kilometrlik çegara böladi. Işonçim komilki, Yevropada tinçlikka erişiş yöli Belarusdagi erkinlik orqali yotadi. Işonçim komilki, Yevropada tinçlikka erişiş yöli Ukrainadagi ğalabadan ötadi», - deya ta’kidladi muxolifatçi.

Tixanovskaya öz nutqida, şuningdek, Aleksandr Lukaşenko «inson huquqlarining dahşatli buzilişi böyiça uzoq yillik tajribaga ega bölgan harbiy jinoyatçi» ekanligini aytdi. U bilan muloqot qilişning deyarli foydasi yöq, dedi siyosatçi. U Belarusga demokratik islohotlarni amalga oşirişda yordam beriş uçun muxolifat kuçlari bilan hamkorlik qilişni taklif etdi. «Biz Şarqiy şeriklik va boşqa dasturlar doirasida hamkorlik qiliş va qöşma loyihalarni amalga oşirişga tayyormiz. Biz Yevropa kengaşi bilan bunday hamkorlikni yölga qöyganmiz. Endi tarixda birinçi marta Yevropa kengaşi rasmiy hukumat bilan emas, demokratik harakatimiz bilan özaro hamkorlik qiladi. Yevropa parlamentini ham şunday qilişga çaqiramiz», deya Tixanovskayaning sözlarini keltirgan BÖMK telegram-kanali.