Ukraina 186 nafar rossiyalik harbiy jinoyatçini aniqladi, deb ma’lum qildi 13 oktyabr, payşanba kuni Haagada boş prokuror Andrey Kostin. Biroq ularning kiçik bir qismi hibsda, dedi u. Kostinning sözlariga köra, Rossiyaning Ukrainaga bölgan agressiyasi davrida qiynoqlar, qotilliklar, zörlaşlar, odamlarni doimiy yaşaş joylaridan haydab çiqariş kabi harbiy jinoyatlar sodir etilgan – bu jinoyatlarning kölami juda katta. Boş prokurorning ta’kidlaşiça, 45 ta holat böyiça tergov yakunlanib, materiallar sudga taqdim etilgan, 10 nafar şaxsga nisbatan jazo tayinlangan.

Bundan taşqari, Yevropaning Eurojust agentligi ma’lumotlariga köra, bir qança Yevropa davlatlarida Ukrainadagi uruş davri harbiy jinoyatlari böyiça 20 ta tergov boşlangan. Yevroittifoqning yettita davlati va Haagadagi Xalqaro jinoiy sud ularning xatti-harakatlari böyiça hamkorlik qilmoqda. Ruminiya payşanba kuni uşbu guruhga qöşildi.

Kostinning sözlariga köra, ukrainalik tergovçilar Rossiyaning Ukraina şaharlariga keng kölamli raketa hujumlaridan söng ma’lumot yiğişmoqda. U ularni «terror xurujlari» deb atadi va ular uçun mas’ul bölganlar javobgarlikka tortilişiga va’da berdi. «Fuqarolar nişoniga tegayotgan har bir raketa, har bir portlaş – hammasi hujjatlaştirilgan», — dedi Ukraina boş prokurori.