Qozoğiston Rossiyada safarbarlik e’lon qilingaç boşlangan yangi emigratsiya tölqinining asosiy yönalişiga aylandi. Mamlakat içki işlar vazirligiga köra, bir oydan kamroq vaqt içida Qozoğistonga 200 mingga yaqin rossiyalik kirib kelgan. Ulardan qançasi Qozoğistonda qolişi, qançasi boşqa davlatga yöl olişi va yana qançasi turli sabablarga köra Rossiya Federatsiyasiga qaytişi mumkinligini taxmin qiliş qiyin. Ammo Qozoğiston köplab ruslar öz hayotini imkon qadar tezroq va oldindan öylangan rejasiz qayta tiklaşi kerak bölgan joyga aylanib böldi. «Meduza» naşri Qozoğiston çegarasini kesib ötgan va hozirda şu davlatda bölib turgan rossiyaliklar bilan suhbatlaşdi.
Vlad Xabarovsk ölkasidan. U safarbarlik e’lon qilinga, Olmaotaga kelgan
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
***
Men Belgorod şahrida yaşar edim. U yerga doimo raketalar kelib tuşadi, dronlar uçib keladi, portlaşlar yuz beradi. Biz ketişga qaror qildik, ammo moliyaviy ahvolimiz yaxşi emasdi, şu sabab mablağni tejaş maqsadida qoldik. Men uçinçi guruh nogironiman va harbiy xizmatga yaroqsizman. Ammo odamlar ba’zi noxuş narsalar haqida gapira boşladi. Aytişlariça, harbiy komissariatdagilar keçqurun kelişadi va heç nimani eşitmasdan olib ketib, qayergadir yuborişadi. Hatto siz xizmatga yaroqsiz bölsangiz ham buni öşa yerda tuşuntirişingiz kerak böladi. Natijada men va xotinim heç qanday tejamkorliksiz ketişga qaror qildik. Ayolim hozir ham qattiqroq ovozlardan seskanib tuşadi.
***
Men Qozoğistonga Omsk-Ostona poyezdida keldim. Çegara postida poyezdga çegaraçi kirdi. Yuragim qattiq ura boşladi, lekin xotirjamlikni saqlaşga harakat qildim. Bir çegaraçi mening hujjatlarimni tekşirayotganda qöşni örindiqdagi kişiga «Narsalaringizni yiğiştiring, sizga Rossiya Federatsiyasini tark etiş taqiqlangan» deyişdi. Men unga bu xabarni deyarli darhol, heç qanday savollarsiz aytişganini kördim va xotirjam böldim. Çunki ular mening hujjatlarimni bir neça daqiqadan beri tekşirayotgandi, demak men röyxatda emasman.
Albatta, sizni emas, boşqa birovni olib ketayotganlaridan xursand böliş dahşatli tuyğu. Bu vagondagi hamma özi uçun qayğurardi. Barça öşa yigitni indamay kuzatdi.
Mavzuga oid
***
Onam öğlini yöqotişni istamasligi va men ketişim kerakligini aytdi. Men tanişlarim bilan birga yölga çiqdim. Biz Volgorodda maşina topdik va Qozoğiston bilan çegaradagi Vişnevka nazorat-ötkaziş punkti oldida tizilgan avtomobillar navbati oxirigaça yetib keldik. Keyin minglab insonlar navbatda turgan piyodalar navbati oxiriga boriş uçun yana uç kilometr piyoda yurdik.
Qozoğiston bilan çegaradagi Vişnevka nazorat-ötkaziş punktida uxlayotgan yigit
Material qahramoni arxividan
Navbatda turgan odamlar yöl çetida palatkalar lagerini qurişdi, hammasi xuddi hippi-festivaliga öxşardi. Menda palatka yöq edi, biroq yaxşi odamlar ularning palatkasida isinib olişimga ruxsat berdi. Keçqurun havo harorati +5 darajagaça pasaydi. Yaxşiyamki, öşa kuni şamol ham, yomğir ham bölmadi.
***
Çegarada ança tartibli böldik, yigitlar samarali navbat tuzdi. Çegaraçilar beştadan odamni ötkazayotgandi, şu sabab navbatdagilar beşta-beşta bölib turdi. Har bir beştalikda öz raqami bor edi va Telegram guruhda har doim keyingi beştalik qaysi raqam ekani haqida ma’lumot berib turildi. Navbatda turganlar orasidan köngillilar tanlandi: ulardan biri nazorat-ötkaziş punkti oldida turib, faqat röyxatdan ötganlar ötişi, heç kim navbatni buzmasligi uçun pasportlarni tekşirdi.
Öz navbatingiz taxminan qançadan keyin kelişini hisoblaş mumkin edi. Bir-birimiz bilan almaşib, ikki-uç soat uxlaşga muvaffaq böldim. Nazorat punktiga ön ikki soatdan keyin yetib bordim.
***
Safarga tayyorgarlik körmagandim, menda faqat palto va jyemper bor edi. Sovuqdan muzlab qolmaslik uçun tinmasdan yurib, harakat qilib turdim. Özlari bilan gaz gorelkalarini olib çiqqan yigitlar juda katta yordam berdi. Men olov yonida ötirdim va qaynatilgan qahva içib, biroz isindim. Keçqurun juda qoronği böldi, odamlar telefon çiroqlaridan foydalandi.
Rossiyaliklar Vişnevka nazorat-ötkaziş punktida.
Material qahramoni arxividan
Ulyanovskdan bölgan Mixail. U çegarada bir yarim kun ötkazgan.
Baurjan Sabit / «Meduza»
Tungi soat ikkida neytral zonaga ötdim. Bu yerda odamlar köp edi, maşinalar tirbandligi ham paydo bölgandi. Rossiya çegaraçilari qozoq çegaraçilariga qaraganda bizni tez ötkazib yuborgandi. Bu kiçik neytral hududda odamlar töplana boşladi. Butun tun davomida qozoq çegaraçilari bor-yöği ön kişini çegaradan ötkazdi – natijada nazorat-ötkaziş punkti oldida katta olomon töplandi
***
Odamlar maysa ustida ötirdi, yotdi, isiniş uçun qanday kiyimlari bölsa hammasini kiydi. Issiq suv yöq edi. Gaz gorelkasining gazi qolmagan va issiq suv zaxirasi Rossiya nazorat-ötkaziş punktida tugab bölgandi. Bunday tirbandlik yana qança davom etişini heç kim bilmasdi.
Men qurigan maysa ustida bitta paltoda uxladim. Beş soat mizğib olişga muvaffaq böldim. Qahraton sovuqdan uyğonib ketdim hamda tuşundimki, mening haroratim yuqori va kasal bölganman.
***
Ba’zilar bir joyga töplanib uxladilar. Men ham odamlar guruhining yonida tunadim. 14 soat neytral zonada böldim va jami 26 soatda Qozoğiston çegarasini kesib ötdim.
Ota öğli bilan çegaradan ötmoqda. Sirim — Maştakovo nazorat-ötkaziş punkti
Baurjan Sabit / «Meduza»
Sirim — Maştakovo nazorat-ötkaziş punkti hududidagi daşt
Baurjan Sabit / «Meduza»
***
Çegaradan ötgaç böm-böş, faqatgina taşlandiq yöl bor keng daştni kördik. Bizni valuta almaştiruvçilar kutib oldi va rasmiy kursdan pastroq narxga rublni tengega almaştirişni taklif qildi. Odamlar bir rublga sakkiz tenge beriluvçi rasmiy kurs örniga, ulardan beş-olti tenge evaziga valutalarini ayriboşladi.
***
Qozoğistonga ötganlarni taksiçilar kutib olardi. Ular asosan çegaraga yaqin qişloqlardan kelgan odamlar edi. «GAI» xodimlari ular bilan til biriktirib, doimiy ravişda hammani uşbu maşinalarga ötirişga va piyoda bir soatda yetib boriş mumkin bölgan joyga qimmat narxda maşinada ketişga da’vat qilib turdi.
***
Boş kötariş holatlari ham böldi. Yigitlar bilan maşinaga çiqmasdan, piyoda eng yaqin aholi punkti, Jonibek qişloğigaça bordik. Mahalliy aholi bizga yaqinlaşib: «Yo pul berasiz, yo ötmaysiz», deya tahdid qildi. Pul berişga töğri keldi. Bir neça şunday holatlardan keyin politsiyaga qönğiroq qildik.
Rossiyadan Olmaotaga kelgan yigit
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
Yigitlar bilan Jonibekdagi «Sim-Sim» kafesiga kirdik. Bu yerda mahalliy bombillar (taksist) töplangandi. Kafe egasi mahalliy bombillar bilan birga begona taksilar yölovçi olişiga yöl qöymadi.
Uralskkaça bir kişi uçun 6 ming (bir million söm), Atiraugaça esa 7 ming (bir million ikki yuz ming söm) rubl narx tölaş kerak edi.
Çegarani mendan bir neça soat keyin kesib ötgan yigitlar, maşina narxlari keyinroq bir kişi uçun 15 ming rublgaça (ikki million olti yuz ming söm) kötarilganini aytdi.
Uralskdagi «Atameken» bolalar lageri qöriqçisi yotoqxona uçun talonlarni tekşirmoqda. «Atameken» lageri 100 örin uçun möljallangan. Xodimlarning sözlariga köra, joylar oçilişi bilanoq barçasi band bölgan.
Baurjan Sabit / «Meduza»
Uralsk şahri atrofidagi «Gazel». Unda ryazanlik Roman yaşamoqda.
Baurjan Sabit / «Meduza»
Atiraudagi barça hostellar Rossiyadan kelganlar tomonidan band qilib bölingan ekan. Biz ulardan birining egasidan arzimagan pul evaziga duşga kirişga ruxsat oldik. U yerdan oldinroq sotib olgan çiptalarimiz bilan poyezdda Olmaotaga jönadik. Keyinroq çipta ham qolmadi, mening döstim beş kun Atirauda qolib ketdi.
***
Olmaotada birinçi marta yertölada joylaşgan hostelda yaşadim. Bir-ikki kişidan taşqari barça Rossiyadan kelgan yigitlar edi. Bu yerda men birinçi marta döstlarim yordamidan foydalandim: ulardan oçlikdan ölib qolmaslik uçun pul berib turişlarini söradim. Hozir yana bir qança döstlarim keldi va men ular bilan birga yaşayapman.
Gleb safarbarlik e’lon qilingaç, Moskvadan Olmaotaga kelgan.
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
Eloman (köngilli) Olmaota vokzalida rossiyalikni kutib olmoqda: «Men çegarada odamlar qanday navbatda turgani, kimdir yomğir ostida qolgani haqidagi yangiliklarni öqidim. Odamlar yordam sörayotgan çatlarni kuzatdim. Kelayotganlar bilan gaplaşib, ularning yuzlarida qörquv kördim. Şundan keyin ularga yordam berişga tayyor bölgan odamlarni yiğa boşladim — hozir bizda 30 ga yaqin köngillilar bor. Ba’zida öz pullarimizga hostellarni band qilyapmiz, lagerlarga boryapmiz, pul yiğişni taşkillaştiryapmiz. Biz taxminan 200 kişi joylaşişiga yordam körsatdik. Oziq-ovqat sotib olyapmiz, vokzallarda odamlarni kutib olyapmiz»
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
Mariya (köngilli, «Relokatsiya v Kazaxstan» çati administratori): «Çat uyuşgan holda taşkil etilgan. Befarq bölmagan odamlar uşbu çatga kirişadi. Agar keluvçilar boşpanasiz qolgani haqida yozsa, olmaotaliklardan biri uni qabul qiladi. Kimnidir şunçaki ovqatlantiriş kerak böladi. Bugun bir ayol kvartira topgan yigitlardan biriga stol va stul berdi. Biz maslahatlaşamiz, turar joy topişga yordamlaşamiz, vaziyatni nazorat qilamiz, issiq kiyimlar topamiz, viza va pasportlar böyiça ma’lumotlar beramiz va odamlar dardi arişi payida bölamiz»
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
Olmaotadagi aholiga xizmat körsatiş markazi binosi oldida navbatda turgan rossiyaliklar
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
Aholiga xizmat körsatiş markazi binosida navbatda turgan rossiyalik
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
Olmaotada aholiga xizmat körsatiş markazidagi navbat
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
Kvartira ijaraga oliş qiyin, çunki talab oşişi fonida narxlar ham kötarilgan. Şahar çekkasidagi bir xonali kvartiralar narxi 200-300 ming tengedan (4,5-7 million söm) boşlanadi. Vaholanki, rossiyalik qoçqinlar kelişidan oldin şahar markazidagi yaxşi ta’mirlangan kvartirani 180 ming tengega (4 million söm) ijaraga oliş mumkin bölgan. Ayrimlar hozir markazda joylaşgan kvartiralarni bir million tengega (23 million söm) ijaraga olmoqda. Bu mahalliy aholi uçun ajoyib summa.
***
Hostelda biz bir xonada tört kişi edik, hamma safarbarlikdan qoçib kelganlar edi.
Timofey Yekaterinburgdan. Safarbarlik e’lon qilingaç, mamlakatni tark etgan, hozirda Olmaotadagi hostelda yaşamoqda.
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
Mening oilam 18 soatdan beri rulda bölgan yigitga uydan joy berdi. Uni kvartira böyiça aldaşibdi, bu odamni şunçaki taşlab ketib bölmasdi. U umidsizlikka tuşgan, çarçagan va oç edi. Yigit biznikida bir hafta yaşadi, keyin u bilan birga unga doimiy kvartira qidirdik. Uylar şaroiti ular uçun söralayotgan narxga mos kelmasdi. Keyin uyidagi ta’mirlaş işlari tugagunça yigit şu yerda yaşaşi va ta’mirlaşni kuzatişi uçun uni ikki oyga bepul ijaraga qöyişga rozi bölgan yaxşi inson topildi.
***
Muammo, bir hayot tugagani va butunlay boşqa hayot boşlanganini qabul qiliş qiyinligi bilan boğliq böldi.
Belgorodlik Vadim Olmaotadagi Aholiga xizmat körsatiş markazida
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
***
Notaniş insonlar umumiy muammo fonida birlaşdi.
Men bu yerga mart oyida kelgan tanişimning javobini kutayotgandim, lekin menda mahalliy sim-karta yöq edi. Köçadan wi-fi aloqasini topdim. Keyin notaniş rossiyalik qoçoqlardan çekiş uçun sigaret söradim. Şunda ular meni örab oldi va mendan «yordam kerakmasmi?», «pulga muhtojliging yöqmi?» deya söray boşlaşdi. Ular buni deyarli ön marta söradi.
***
Qoçqinlar bir-biri bilan muloqotda bölib turdi. Biz Qozoğistonga qoçib kelgan bir IT’çi yigit bilan tanişdik. U telegram guruhda barça raqamli sohada işlaydiganlar körişişga çaqirdi. Biz kafeda ötirdik, ma’lumot va hissiyotlarimizni almaşdik.
***
Qozoğistonga köproq oddiy odamlar kelyapti. Bu özlarining qandaydir insoniy hayot tarzini saqlab qolmoqçi bölayotgan odamlarning emigratsiya tölqinidir. Faollar asosan Gruziya va Boltiqböyi mamlakatlariga jönab ketdi.
Uralskdagi Cinema Park kinoteatri rossiyaliklar tunaşiga joy bermoqda
Baurjan Sabit / «Meduza»
Cinema Park kinoteatridagi rossiyalik kinozalga kirişda uxlamoqda, çunki içkarida joy qolmagan
Baurjan Sabit / «Meduza»
Uralsk
Baurjan Sabit / «Meduza»
***
Men ruslarga nisbatan heç qanday salbiy xatti-harakatni deyarli uçratmadim. Faqat bir marta bu yuz berdi. Köplab rossiyaliklar şaxsiy identifikatsiya raqami uçun navbatda turgan Davlat xizmatlari markazida oziq-ovqat yetkazib beruvçisi baland ovozida «şimollik yevropoidlar juda köp kelgan, DXMga kirişning iloji yöq» deya şikoyat qildi. Umuman olganda, mahalliy odamlar bizga döstona munosabatda.
***
Biz transport kartasini sotib olişga harakat qildik, biz adaşib qolgan odamlarga öxşardik. Mahalliy qozoq yigiti kelib: «Rossiyadanmisiz? Balki ovqatlanarsizlar?» deb söradi.
Biz transport kartasini qayerdan sotib oliş mumkinligini söragan boşqa bir ayol esa, şunçaki özinikini çöntagidan olib, bizga berib yubordi.
***
Ehtimol, bu mahalliy madaniyatdir. Biz şahar avtobusiga çiqdik, sumkalarimizni yeçib, qölimizga oldik. Yonimizdagi örindiqda ötirganlar bizga qulayroq bölişi uçun sumkalarimizni olib, tizzalariga qöyişdi. Men bunaqasini Rossiyada körmaganman.
***
Qozoğistonning boşqa şaharlariga borişni xohlamayman. Bilişimça, faqat Olmaota ruslarga şunday döstona munosabatda. Bu yer xavfsiz va bu yerda Rossiyadagi turmuş tarzini qayta tiklaş mumkin.
Olmaota
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
Olmaota
Ofeliya Jakayeva / «Meduza»
Olmaotalik taksi haydovçisi biz Ukrainaga odamlarni öldirişga bormay qoçganimizdan juda xursand ekanligini aytdi.
***
Avtobusda yurayotgan mahalliy aholining gaplarini eşitib qoldim, ular uruş haqida gapirayotgandi. Ular Rossiyani bosqinçi dedi va Ukraina özini himoya qilayotganini aytdi. Bu yerda nihoyat bu haqda bemalol aytiş mumkin edi, mening kiçik rus şaharçamda esa bu haqda gapirişsa odamlar bir-biri bilan janjallaşib ketar edi.
***
Ma’naviy jihatdan qiyin. Hali yangi hayot quriş kerak. Ammo biz qoçganimizdan baribir xursandmiz. Biz uruşni qöllab-quvvatlamaymiz va mening şahrimda uruşga qarşi biror narsa deyişning iloji yöq, çunki atrof töla «paxtakorlar». Hozirça qaytişni rejalaştirganimiz yöq.