Özbekiston boş vaziri örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligining Özbekistondagi elçisi Timoti Torlot bilan uçraşuv ötkazdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik doirasida erişilgan muvaffaqiyatlar hamda investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Özbekistonda Britaniya kompaniyalarining qişloq xöjaligi, farmatsevtika, töqimaçilik, IT va yaşil iqtisodiyot kabi sohalarda investitsiya faolligini kengaytiriş istiqbollari körib çiqildi. Investitsiya muhitini yaxşilaş, loyihalarni amalga oşiriş samaradorligini yuksaltiriş va Özbekiston investitsiyaviy jozibadorligi böyiça uzoq muddatli strategiyani işlab çiqişga doir qöşma amaliy çora-tadbirlar körişga özaro tayyorlik bildirildi.

Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş imkoniyatlari alohida muhokama qilindi. Savdo va investitsiyalar, transport va kommunikatsiyalar, energetika sohasida hamkorlikni rivojlantiriş hamda Orolböyi mintaqasida ekologik inqiroz salbiy oqibatlarini yumşatiş uçun C5+1 formatidagi muloqotni faollaştiriş zarurligi ta’kidlandi.