Samarqand viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi taşabbusi bilan olis qişloqlardagi tibbiyot maskanlarining holati bilan jurnalistlar taniştirildi. Oçiği, Sazoğondagi şifoxona bizda katta taassurot qoldirdi.

Bölimda ayni kunlarda dunyoga kelgan 6 ta çaqaloq saqlanayotgan ekan. Bir yilda Sazoğondagi tuğuruq bölimda 360-370 nafar çaqaloq dunyoga kelar ekan.

1932 yildan buyon faoliyat körsatayotgan tibbiyot maskaniga yaqinda homiylik yordami bilan sendviç panellardan yangi zamonaviy korpus ikki oy içida qurib foydalanişga topşirilibdi. Bu yerda 50 qatnovga möljallangan poliklinika, dantist xonasi, 5 tadan bolalar, tepapiya va tuğuruq örinlariga ega statsionar 11 ming aholiga xizmat körsatmoqda.

Bino yangi, issiq va sovuq suv, barça uskunalar bor, tartib-tamoyilga köra tekin dori-darmonlar öz vaqtida yetkazilib turilibdi. Boz ustiga bunday olis maskanda xizmat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining oylik maoşiga ustamalar ham qöşib berilar ekan.

Sölim maskanda hordiq çiqib turgan sazoğonlik otaxonlar bilan suhbatlaşdik. Ular barça şaroitlar yetarli ekani, barça kadrlar özlarining qişloğidan çiqqani, har yili tibbiyot oliygohining öziga qişloqdan 15-20 çoğli yoşlar öqişga kirişini tölqinlanib gapirib berişdi. Tibbiyotçi kadrlar, hamşiralar bilan qişloq nafaqat mahalliy hududiy bölimni, şuningdek qöşni mahallalarni ham ta’minlaşar ekan.

Yaqindagina maktab öquvçilari örtasida “Zakovat” respublika tanlovida 2-örinni qölga kiritgan 11-maktab ham şu qişloqda joylaşganini otaxonlar faxr bilan gapirib berişdi.

Umuman, hamkasblar bilan şu kuni Past Darğom, Nurobod va Samarqand tumanlarining bir qator olis qişloqlarida böldik.

Past Darğom tumanining Katta Çandir mahallasida TTBga qaraşli «Farovon» oilaviy şifokorlik punkti 3,5 ming aholiga xizmat körsatmoqda ekan. Bemorlar bilan suhbatlaşganimizda ular yaratilgan şaroitlardan minnatdorligini bildirişdi.