Internetni portlatgan «karatist kelin» – Littos bilan eksklyuziv intervyu
|19:44 / 16.10.202278 3139 min
Littos nomi bilan tryuklar bajaradigan akrobat kelin - Asal Saparbayeva ijtimoiy tarmoq kuzatuvçilarini hayratga solmoqda. Uning ayrim videolari 150 million martagaça köriladi. Özbek kelini obrazini öz qobiliyati bilan boşqa davlatlarga ham tanitişdan faxrlanadigan tajribali sportçi barça feyk yoki montaj deb öylaydigan tryuklarni qanday qila olişi, blogerlik faoliyati va hayoti haqida Kun.uz’ga gapirib berdi.
Asal Saparbayevani köpçilik internetda Littos (Instagram: @_littos) sifatida taniydi. 7-8 yil davomida Özbekiston terma jamoasi tarkibida bölgan. Sportçi Oksana Çusovitina unga öxşagan sportçilarni bir jamoaga yiğib, jamoani har xil şaharlarga musobaqalarga olib borgan.
Asal bir neça karra Özbekiston çempioni, Örta Osiyo va Janubiy Osiyo çempioni bölgan. Osiyo öyinlarining bronza medali sohibasi. Butun Jahon kubogining bronza medalini qölga kiritgan.
«Sport bilan şuğullanib, hayotim izga tuşgan»
2014 yilda professional sport bilan şuğullanişni töxtatdim. Hozir köproq bloger, kaskadyor va aktrisaman. Faqat formada bölib turiş va boşqalarni tryuklarim bilan hayratlantiriş uçun sport bilan şuğullanaman.
Yoşim 28da. 16 yil davomida professional sport gimnastikasi bilan şuğullanganman. Sportga meni 5 yoşligimda buvim olib kirganlar, çunki uyda doim yugurardim, sakrardim…
Foto: Asal Saparbayevaning şaxsiy albomidan
Bir marta onam uyğonib qarasalar, boşimni yerga qöyib, oyoğimni osmonga çözib uxlayotgan bölganman. Öşanda onam qörqib ketib, psixik jihatdan soğliğim yaxşi emas deb öylaganlar, opam va buvimni çaqirganlar. Buvim menga qarab sportga beriş kerakligini tuşungan. Şundan keyin sportga qatnay boşladim va hammasi yaxşi böldi. Hamma kasalliklarim tuzalib ketdi. Uyqum ham normallaşdi.
Katta sportdan ketiş va blogerlik
Aynan blogerlik faoliyatimni karantinda – hamma uyda ötirganda boşladim. Katta sportdan ketganimdan keyin sahnada namoyişlar qöyadigan artist bölganman. Karantingaça jamoam bilan Xitoyda olovli halqa bilan bajariladigan tryuklar namoyiş qilardik. Karantin boşlanişi bilan Özbekistonga keldik, bu yerda işlaşni boşladik.
Turmuş örtoğim Yaroslav ham operator, ham montajyor, u yoşligidan video bilan işlaydi. Bu uning hobbisi, men esa köproq sportçi va aktrisaman.
Mavzuga oid
Asal turmuş örtoği bilan.
Foto: Yaroslavning şaxsiy albomidan
Şunday qilib biz birga uyda videolar olişni boşladik. Ularni TikTok, Instagram va boşqa ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirardik. Öşanda tuşundikki, bizning videolarimiz katta auditoriyani qamrab olyapti. Şunday qilib, blogerlik faoliyatimni yuritadigan Littos blogim paydo böldi.
Aynan nega Littos deydigan bölsangiz, bu sözning ma’nosi Life in the times of sport, ya’ni Sport vaqtidagi hayot degani.
«Kelin obrazi millionlarni jalb qila oldi»
Kelin obrazi bizga bir özbek musiqiy guruhi murojaat qilib özbekça qöşiqqa video işlab berişni taklif qilgaç paydo böldi. Ular öşa video 1 million marta körilişi kerak degan şart qöydi. Öşa vaqtda bizda bunaqa katta auditoriyani qamrab olgan video hali bölmagan edi.
Turmuş örtoğim bilan uzoq öyladik va kelin obrazi qiziq böladi deb öyladik. Karantin edi, dökon va bozorlar işlamas edi. Heç qayerdan özbek kelini obrazini yaratadigan kiyimlarni topa olmadik. Yaqinlarimiz va döstlarimizdan yordam söradik, bir dugonam menga sandiğidan juda eski kelinçak köylagini olib berdi. «Sal eski, ba’zi joylari yirtilgan, tikib töğrilab videongni olaver» dedi u.
Videomiz turnikda olindi, şunçaki köça supurayotib ham tryuklar qildim. Öşa kuniyoq video tarmoqlarga joylaştirildi va effekti bomba böldi. Bir neça kun içida 1 million körişlarga erişdik.
Hozir esa bir million emas, ba’zi videolarimiz 150 milliongaça köriladi, millionlab layk yiğadi. Biz öşanda tuşundikki, bu obraz bizning mentalitetimiz va madaniyatimizga juda mos tuşdi.
«Tryuklarimni montaj deb öylaşadi»
Köpçilik menga kommentlarda va dayrektda videolardagi tryuklarimni montaj yoki kompyuter grafikasi deb öylaşganini yozadi. Lekin bunday emas. Çunki avval aytganimdek, men bu bilan 22 yildan beri şuğullanaman.
Ba’zida biz videoni 5 daqiqa içida olişimiz va montajga ham 10 daqiqaça sarflaşimiz mumkin. Ba’zida esa tryuk qilişga 2 kundan 5-6 kungaça tayyorgarlik qilamiz. Hammasi uning qiyinligiga boğliq.
«3 tonnalik maşinani torta oldim»
Yaqinda maşina tortgandim, töğrisini aytsam, şuni qila olişimga işonmagandim, turmuş örtoğim «cen qila olasan» deb aytdi. «Nima deganingiz bu, men juda kiçkina, maşina esa katta, qölimdan kelmaydi» dedim. U «kel, harakat qilib köramiz» dedi va biz maydonga keldik. Maşinaga qaradim va u juda katta edi, uni rejimini neytral holatga qöydik va Yaroslav maşinani bir qöl bilan itarişni boşladi va u bu narsani uddaladi. Keyin men harakat qilib kördim: bilasizmi, juda hayron qoldim, çunki men uddaladim.
Maşina Tundra edi, taxminan oğirligi 3 tonna böladi. Eng qiyini maşinani harakatga keltiriş ya’ni joyidan siljitiş, keyin özi harakatlanib ketadi. Şuning uçun buni qiliş imkoni bor. Katta pahlavon erkaklar samolyot va poyezdlarni tortganini körganman va bu feyk deb öylaganman, özim qilib körganimdan keyin buning imkoni borligini tuşundim.
«Körinişim 10 yoşga yoşroq»
Köpçilik mendan nega yoş körinasiz, deb söraydi. Özim 28 yoşman, lekin köpçilik men 16–18 yoşda deb öylaydi. Yoş körinişimning siri ham sport bilan şuğullanişim va ham soğlom, aktiv hayot tarziga amal qilişimdir.
Foto: Asal Saparbayevaning şaxsiy albomidan
Lekin sportda ham tanganing ikki tomoni bor: travmalar haqida ham aytmoqçiman. 22 yil sport bilan şuğullangan bölsam, heç qayerimni sindirmaganman – bitrota singan joyim yöq, köz tegmasin.
Qöl suyaklarimda darz ketgan joylari bor, a yöq uzr adaşibman, 3 oy oldin barmoğimni sindirganman va buni özim bilmay qolganman. Şifokor barmoğingni sindirib olgansan deb aytdi, töğrisini aytsam, buni sezmaganman. Men oğriq bilan şuğullanişga örganib qolganman.
«Blogingda sportdan köra köproq pul topaman»
Albatta blogerlik faoliyatida sportdan köproq pul topaman. Çunki ijtimoiy tarmoqlar — Instagram, TikTok’dan emas, reklamadan pul topaman. Bizga reklama beruvçilar buyurtma beradi, biz özimiz ğoya topib, videoga olib, montaj qilib tarmoqlarga joylaştiramiz. Reklamani özimizga moslaştirib qilamiz. Köpçilik şuning uçun bu reklama roligi ekanini hatto bilmaydi ham.
Köçada köpçilik uni taniydi
Oldin faqat kelin obrazida bölsam, odamlar köçada tanirdi, hozir qanaqa kiyimda bölsam ham – xoh sport kiyimi va xoh oddiy kiyimda, körib tanişadi va kelib siz karatist opa siz-a deyişadi.
Negadir meni karatist sifatida tanişadi. Menga yaxşi munosabatda bölişadi, «e, nima, kimsan» deb muomala qilişmaydi. Lekin hamma ham adekvat emas, köpinça turmuş örtoğim bilan yuraman. Kelib, qölimni uşlab yoki tegina boşlaydigan odamlar ham bor. Bu men uçun normal holat emas.
«Öz maktabimni oçaman…»
Menga öz maktabimni oçiş borasida juda köp taklif berişgan. Ammo menga kimgadir örgatişdan köra, özim qilganim yoqadi. Kelajakda ona bölaman va sport tryuklarining köpini qila olmayman. Şunda maktab oçiş niyatim yöq emas.
Köpçilik turmuşga çiqqanmisiz yoki yöqmi deb söraydi, men turmuşga çiqqanman. Turmuş örtoğimni 8 yildan beri taniyman va u bilan oila qurganimizga 5 yil böldi.
Eng katta orzum şuki, bugungi kundagi vaziyatdan kelib çiqib, butun dunyoda tinçlik bölsin, hamma bir-birini tuşunsin, qöllab-quvvatlasin. Undan taşqari, ota-onam, yaqinlarim va hamma-hamma heç qaçon kasal bölmasin.
Madina Oçilova suhbatlaşdi.
Operator va montaj ustasi: Javohir Ğayratov.