Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 10 oktabr kuni soat 16:30da Samarqand şahrida yölovçi taşiş bilan şuğullangan ikkita avtobus haydovçilari va konduktori özaro janjallaşib, bir-birlariga tan jarohatlari yetkazgan.
Samarqand şahrining Dahbed-Rudakiy köçalari kesişmasida yönalişli harakatlanuvçi 64-sonli avtobus konduktori Q.J., 52-sonli yönalişli harakatlanuvçi avtobus haydovçisi M.E. va uşbu avtobus konduktori yölovçi talaşib, janjallaşgan.
Janjal davomida tomonlar bir-birlariga tan jarohatlari yetkazgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tomonlardan biri qölida bitaga öxşagan narsa bilan raqibini urayotgani, boşqasi esa uning qölidan kaltakni tortib olişga urinayotgani tasvirlangan.
Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand şahrida avtobus haydovçilari va konduktori örtasida tez-tez janjal sodir bölib turadi. 2022 yil 13 oktyabr kuni ikkita avtobus haydovçisi örtasida sodir bölgan ana şunday janjallardan biri ayançli yakun topdi.
Özaro janjaldan söng orqada turgan avtobus haydovçisi oldinda turgan va endigina harakatni boşlagan avtobus eşigiga osiladi.
Birinçi avtobusning haydovçisi töxtamasdan, aksinça tezlikni oşiradi va avtobusga osilib kelayotgan haydovçi tuşib ketib, uning ğildiragi ostida qoladi. Oqibatda, ikkinçi avtobus haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etadi.










