Uruşning 234-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Xarkiv oblasti şarqida Ukraina qurolli kuçlarining sentabr oyida boşlangan yurişi davom etmoqda — sönggi kunlarda ular Kupyansk atrofidagi yana bir neça qişloqlarni ozod etgan va Luhansk oblastida ilgarilagan. Oktyabr oyi boşiga qadar janglar davom etgan Kupyanskda, hamon gaz va içimlik suvi yöq, ammo şaharda qolgan aholi öz hayotini yölga qöyişga urinmoqda.
- Xarkiv oblastining sentabr oyida ozod etilgan hamda endi front çiziğidan uzoqlaşgan boşqa şahar va qişloqlarida Rossiya raketa zarbalari tufayli elektr uzatiş ta’minotida muammolar kuzatilmoqda.
- Rossiyaning Ukraina bilan çegaradagi harbiy poligonida otişma oqibatida 13 kişi halok böld. Rossiya mudofaa vazirligi «MDH davlatining ikki fuqarosi» boşqa askarlarga öt oçgani va 11 kişini öldirib, 15 kişini yaralagani, şundan keyin ularning özi ham öldirilganini ma’lum qilgan.
- Belarus mudofaa vazirligi mamlakatga rossiyalik harbiy xizmatçilar bölgan ilk eşelonlar yetib kelgani, ular Rossiya-Belarus qöşinlarining mintaqaviy guruhi tarkibiga kirişini ma’lum qildi.
- Ilon Mask Tvitterida ukrainlarga Rossiya bilan uruşda yordam sifatida taqdim etilgan Starlink sun’iy yöldoşli aloqa tizimi baribir bepul işlaşda davom etişi haqida yozdi. Avvalroq u ukrainlar bilan virtual bahslardan keyin loyihani moliyalaştirişni töxtatişi va Starlink Ukrainada faoliyatini tugatişi haqida ogohlantirgandi.
- Belgorod oblastida Belgorod şahridan 11 kilometr masofadagi Razumnoye posyolkasida neft baza yonib ketdi. Region gubernatori Vyaçeslav Gladkov bu Ukraina tomoni öqqa tutişi oqibati ekanini bildirdi.
- Ukraina madaniyat vazirligi Xerson musiqali-drama teatri boş dirijyori Yuriy Kerpatenko öldirilganini tasdiqladi. Ukraina tomoni aytişiça, «bosqinçilar bilan hamkorlik qilişdan boş tortgan» dirijyor rossiyalik harbiylar tomonidan otib taşlangan.
Quyida uruşning sönggi kunlarida olingan asosiy suratlar.
Xarkiv oblastidagi ukrain harbiylari

Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press



































