Nurobod tumani hokimligida ötkazilgan xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Sirojiddin Valiquloviç Berdiqulov nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sirojiddin Berdiqulov 1979 yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tuğilgan.

Mazkur tayinlovga qadar Özbekiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Nurobod tumaniga 2022 yil martidan buyon hokimlik qilib kelgan Şerali Yöldoşev sentabr oyida lavozimidan ozod etildi. U rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan çetga çiqib qonunbuziliş holatlariga yöl qöygani uçun işdan ketgan.