Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Paxtaobod tumani hokimiga aylandi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Azizbek Rahimovich Latifjonov 1977 yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1994 yilda «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ochiq aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati bo‘limi pul almashtirish shoxobchasi kassiri vazifasidan boshlagan. Turli yillarda bank sohasida faoliyat ko‘rsatgan, 2007 yildan Moliya vazirligi tizimida ishlay boshlagan.
2007-2011 yillarda Moliya vazirligi Investitsiyalar boshqarmasi hududiy kapital qurilish dasturlarini moliyaviy tartibga solish bo‘limi boshlig‘i, 2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari–hududiy kapital qurilish dasturlarini moliyaviy tartibga solish bo‘limi boshlig‘i, 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.
Azizbek Latifjonov 2017 yil oktyabrida O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirining moddiy-texnika va moliya-iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Paxtaobod tumaniga 2022 yil fevralidan buyon Elyorbek Usmonov rahbarlik qilib kelayotgandi.
U shu yil sentabrida prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligidagi yig‘ilishda rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025