Uning ma’lumotlariga köra, Xersondan asosan banklar va pensiya jamğarmasi xodimlari va mol-mulki olib çiqib ketilmoqda.

Boş ştab Rossiya qöşinlari Baxmut va Avdeyevskiy yönalişlarida hujum amaliyotlarini ötkazişga urinayotganini körsatmoqda. Kun davomida Ukraina pozitsiyalariga bitta raketa va önta havo zarbasi berildi, YaÖRTdan sakkizta raketa uzildi. 

Öndan ortiq aholi punktlari, xususan, Xarkiv oblastining Streleçya va Terniy, Pavlovka va Novoselka - Donetsk va Pravdinoye va Belogorka - Xerson oblasti hududlari rossiyaliklar tomonidan zarbalarga uçradi.

Ukraina aviatsiyasi yigirmadan ortiq zarba berdi. Qurol-yaroğ va harbiy texnika jamlangan ön yettita hudud, şuningdek, qarşi tomon havo hujumidan mudofaa tizimlarining törtta pozitsiyasi yöq qilingani tasdiqlandi, bitta uçuvçisiz uçar qurilma urib tuşirilgan. 

Ukraina Boş ştabining xulosasiga köra, raketa va artilleriya bölinmalari Rossiyaning bitta qömondonlik punktiga zarba bergan.

Bundan oldin Xerson oblasti okkupatsion «ma’muriyati» rahbari örinbosari Kirill Stremousov özining Telegram-kanalida Ukraina Qurolli kuçlari «Dudçani-Berislav hududiga hujum uyuştirişga uringanini» ma’lum qilgandi. 

«Rasmiy» yana bir bor Ukraina Qurolli kuçlarining annexia qilingan hududlarni ozod qilişga urinişlari qaytarilişini ta’kidladi, ammo şundan söng u Xerson oblasti aholisiga «gumanitar yordam imkoniyatidan foydalanib, Rossiya Federatsiyasiga dam oliş va soğlomlaştiriş uçun yöl olişni» maslahat bergan yana bir postni e’lon qildi.