Yevropa ittifoqining qator davlatlari taşqi işlar vazirlari Eronning Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy harakatlariga aloqadorligi, xususan, Ukraina nişonlariga zarba beriş uçun Eron kamikadze-dronlaridan foydalangani tasdiqlansa, Eronga qarşi sanksiyalarni kengaytirişga çaqirdi. 17 oktyabr, duşanba kuni Lyuksemburgda Avstriya taşqi işlar vaziri Aleksandr Şellenberg Rossiyaning Ukraina hududiga hujumlarida Eron dronlaridan har qanday foydalaniş harbiy mojaroning yanada kuçayişini anglatişini bildirdi.

Eronning Rossiyaga qurol-yaroğ yetkazib berişi aslida Tehronning Rossiya Federatsiyasi tomonidan boşlangan Ukrainadagi uruşni faol qöllab-quvvatlaşini anglatadi, deya qöşimça qildi u Yevropa ittifoqi kengaşi yiğilişi boşlanişidan oldin.

Daniya taşqi işlar vaziri Yyeppe Kofod Yevropa ittifoqini ertalab Kiyevga tirbandlik vaqtida markaziy temiryöl vokzali yaqinidagi binolarga berilgan yangi havo hujumlariga qat’iy javob qaytarişga çaqirdi. «Biz hozir körayotganimiz şuki, Eron dronlari Kiyev markazida hujum uyuştiriş uçun foydalanilmoqda, bu vahşiylik», — dedi u. Kofodga köra, Yevropa ittifoqi Tehronning harakatlariga javoban «aniq qadamlar» qöyişi kerak.

Eronga qarşi yangi sanksiyalar bu davlatning Ukrainadagi hujumlarga aloqadorligi tasdiqlansa, ayrim şaxslarni qora röyxatga kiritiş bilan çeklanib qolmaydi, dedi Lyuksemburg taşqi işlar vaziri Jan Asselborn. 

Öz navbatida, Yevropa ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Bryussel Rossiyaning Ukrainani öqqa tutişida Tehron iştiroki böyiça aniq dalillar izlaş niyatida ekani haqida ogohlantirdi. Şuningdek, u Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kulebaning Yevropa ittifoqi kengaşi yiğilişida iştirok etişini aytdi. 

Bundan taşqari, YeI sentabr oyida Eronda politsiya tomonidan qölga olingan 22 yoşli Mahsa Aminiy ölimidan söng boşlangan ommaviy namoyişlarning qattiq bostirilişi munosabati bilan sanksiyalar joriy etiş niyatida. 

Ukraina rasmiylarining aytişiça, sönggi haftalarda Eronda işlab çiqarilgan Shahed-136 dronlari yordamida Rossiya ketma-ket öqqa tutişi davom etgan. Bu hujumlarning oxirgisi 17 oktyabr kuni ertalab Kiyevda amalga oşirilgan, natijada bir neça turar joy binolari zarar körgan va kamida uç kişi halok bölgan. Eron özining uçuvçisiz uçoqlari Rossiyaga yetkazib berilganini rad etadi, Kreml esa bu ma’lumotga izoh bermayapti.