Krasnodar ölkasining Yeysk şahridagi töqqiz qavatli turar joy binosiga Su-34 qiruvçisi qulaşi va yuz bergan yonğindan keyin jabrlanganlar soni 22 kişini taşkil etdi. Bu haqda 18 oktyabr, seşanba kuni ertalab Rossiya FVV rahbari Aleksandr Kurenkov ma’lum qildi. Rossiya SSV ham şunga öxşaş raqamlarni e’lon qildi. «Jami 22 kişi tan jarohati oldi, ulardan 3 nafari halok böldi», — deyiladi idora xabarida.

Kurenkovning sözlariga köra, Su-34 qulaganidan keyin heç qanday portlaş sodir bölmagan. FVV rahbarining sözlariga köra, yonğinga yonilğining tökilişi sabab bölgan.

Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev Telegram'da harbiy samolyot qulagan joyda favqulodda holat rejimi joriy etilgani haqida yozdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, yonğin öçirilgan.

Şu bilan birga, Krasnodar ölkasi Fuqarolik mudofaasi va favqulodda vaziyatlar vazirligi 17 oktyabr kuni keçqurun Telegram'da 25 kişi jarohatlangani, ulardan tört nafari halok bölgani haqida xabar berdi. 6 kişi aloqaga çiqmagan va bedarak yöqolgan.

250 kişi evakuatsiya qilindi, ulardan 40 nafari bolalar. Hamma fuqarolar oltita mehmonxona va pansionatga joylaştirildi.

Yeyskdagi yonğinda jabrlanganlarning tört nafari Krasnodarga yetkazildi, deya ma’lum qildi Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi rahbari Mixail Muraşko. Uning qöşimça qilişiça, jami 15 kişi şifoxonalarda qolmoqda.

Mudofaa vazirligining ta’kidlaşiça, baxtsiz hodisa Janubiy harbiy okrug harbiy aerodromidan öquv parvozi uçun kötarilayotganda sodir bölgan.

Katapulta vositasida irğib çiqib paraşyut bilan özini pastga taşlagan uçuvçilarning xabariga köra, hodisaga uçiş vaqtida dvigatellardan birining yonişi sabab bölgan.

Ayni paytda, guvohlar samolyotdagi öq-dorilar portlaganini taxmin qilişgan. «Komsomolskaya pravda» harbiy muxbiri Aleksandr Kotsning sözlariga köra, 277-bombardimonçi aviatsiya polkining samolyoti snaryadlar olib ketayotgan bölgan, qulaş paytida ularning portlaşi eşitilgan.

Yonğin maydoni taxminan 2000 kvadrat metrni taşkil etdi. Navbatçi dispetçerlik xizmatida «Interfaks»ga ma’lum qilinişiça, yonğin uy yölaklaridan birini töliq qamrab olgan. «Töqqizinçi qavatdan beşinçi qavatgaça bölgan şiftlar qulab tuşdi. Butun kiriş yölagi yonib ketgan, 45 ga yaqin xonadonga u yoki bu darajada zarar yetgan», — deyiladi xizmat xabarida.