Davlat dumasi Mudofaa qömitasi oğir jinoyatlar uçun sudlangani olib taşlanmagan yoki sudlangani ötalmagan fuqarolarni uruşga safarbar qilişga ruxsat beruvçi tuzatişlarni ma’qulladi. Qaror 17 oktyabr, duşanba kuni qonunçilikni qöllab-quvvatlaş tizimida e’lon qilindi.
Rossiyada oğir jinoyatlar uçun sudlangan şaxslarni safarbar qiliş 1997 yilda «Rossiyada safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik töğrisida»gi qonun qabul qilingandan beri taqiqlangan. Uşbu taqiq uşbu qonunning 17-moddasi 4-qismida belgilangan.
Yangi taşabbus mualliflari Davlat dumasining Mudofaa böyiça qömitasi raisi, Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Şoyguning sobiq örinbosari - Andrey Kartapolov va uning birinçi örinbosari Andrey Krasov böldi.
Kutilişiça, tuzatişlar Davlat dumasining 18 oktyabrdagi yiğilişida körib çiqiladi.
Avvalroq, Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantiriş böyiça Rossiya prezidenti huzuridagi kengaş a’zosi va Sankt-Peterburg Qonunçilik majlisi sobiq deputati Nataliya Yevdokimova mahkumlar yollanayotgani haqidagi xabarlarga izoh berib, hibsda saqlanayotgan şaxslarni jazoni ötaş joyidan ozod qiliş uçun heç qanday asos yöqligini aytgandi.
Huquq himoyaçisining sözlariga köra, ayni damda Rossiyada jazo muddati tugamagan şaxslarni muddatidan oldin ozod qilişning faqat uçta yöli bor. Birinçisi, tegişli farmon bilan rasmiylaştirilgan Rossiya prezidentining afv etişi. Ikkinçi variant - amnistiya. Oxirgi imkoniyat - sud qarori bilan şartli ravişda ozod qiliş.
Şu fonda Inson huquqlari kengaşining olti nafar a’zosi, jumladan Yevdokimova sentabr oyida Rossiya boş prokurori Igor Krasnovga murojaat yölladi. «Agar bu ma’lumotlar rost bölsa, uşbu şaxslar qanday asosda jazoni ötaşdan ozod etilganini tuşuntirib bersangiz?» - deyiladi murojaatda.
Huquq himoyaçisining sözlariga köra, şundan söng kengaşning boşqa a’zolari murojaat mualliflarini «Inson huquqlari kengaşi nomidan» harakat qilganlikda aybladi. «Biz kengaş a’zolarimiz, bizni hali heç kim çiqarib yuborgani yöq, öz fikrimizni bildirişga haqqimiz bor», — deya xulosa qildi Yevdokimova.













