Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanida joylaşgan 61-maktab direktori 6-sinf öquvçisini paqildoq otişda ayblab urgani, oqibatda uning quloq pardasi yirtilib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi
Xabarlarda aytilişiça, bolalarga paqildoqni yaşirinça maktab bufetida sotişgan. Bolaning özi paqildoqni boşqa bola otganini, ammo diretor kelib uni urganini, yiqilib tuşgaç, tepganini aytgan.
Maktabda kuzatuv kameralari örnatilgan bölsa ham bolaning kaltaklangani holati yozilgan tasvirlar öçirib yuborilgani aytilmoqda. Bolaning otasi esa mahalla uçastka noziri ham holatga e’tiborsiz bölganini bildirgan.
Viloyat IIb axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev Urgutda maktab direktori öquvçini urib quloq pardasini yirtib yuborgani aytilgan holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq, Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylaşgan 58-maktabda öqituvçi öquvçini sinfdoşlarining oldida ayovsiz döpposlagandi. Hozirda unga nisbatan tuman IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.












