Scope reyting agentligi ma’lumotlariga köra, Yevropa ittifoqi uruşdan vayron bölgan Ukrainani qayta tiklaşni özining yuqori kredit reytingini yöqotiş xavfisiz moliyalaştirişi mumkin. 18 oktyabr, seşanba kuni Reuters agentligining Scope tadqiqotiga tayanib xabar berişiça, «Yevropa ittifoqi Ukrainani AAA reytingini pasaytirmasdan qayta quriş böyiça tarixiy muammoni hal qiliş uçun yuzlab milliard yevro sarflaşi mumkin». 

Buning zaruriy şarti Yevropa ittifoqiga imtiyozli kreditor maqomini berişdir, bu Ukraina davlati bankrot bölgan taqdirda ham pulning qaytarilişini kafolatlaydi. 

Scope ekspertlarining fikriga köra, yaqin ön yilda Yevropa ittifoqining Ukrainaga yordami 100 milliard yevrodan oşişi mumkin, hattoki 350 milliard yevrogaça kötarilişi mumkin. Şu tariqa, uruşdan keyin infratuzilmani qayta tiklaşi kerak bölgan Ukraina, agar Italiya va boşqa YeIga a’zo davlatlar rejalaştirilganidek, 2058 yilgaça Next Generation EU tiklaniş fondidan olgan kreditlarini tölasa, YeI uçun eng yirik qarzdorga aylanişi mumkin, deyiladi hujjatda. 

«Ukrainani bunday qöllab-quvvatlaş yevroobligatsiyalar çiqarilişining sezilarli darajada oşişiga olib keladi va Yevropa ittifoqining kapital bozorlarida iştirokini yanada kuçaytiradi», deydi tadqiqot muallifi Alvis Lennx-Yunus. Şu bilan birga, u xavf va yon ta’sirlarning mavjudligini ta’kidladi. «Yevropa ittifoqi aktivlarining sifati heç bölmaganda Ukrainaning kredit qobiliyati yaxşilanmagunça yomonlaşadi», - deydi tahlilçi. 

Ukrainaning kredit profili Scope tomonidan CC salbiy prognoz bilan baholanyapti, bu nisbatan yuqori defolt xavfini aks ettiradi. Agar bu davlatga 350 milliard yevro ajratilsa, u 40 yil davomida Bryusselga har yili taxminan 10 milliard tölaşi kerak böladi, deya ta’kidlanadi hisobotda.