Karlo Ançelotti navbatdagi yutuqqa erişdi: Benzema «Oltin töp» bilan taqdirlangaç, murabbiy qöl ostida uşbu sovringa erişgan futbolçilar soni 4 nafarga yetdi. Şu paytgaça heç bir italiyalik mutaxassis bunday körsatkiçni qayd etmagan edi.

2004 yil – Andrey Şevçenko (Ançelotti qöli ostida 2001-2006, 2008-2009 yillarda öynagan)

Hammasi 2000-yillarning kuçli «Milan»ida boşlandi, Ançelotti u bilan ikki marta Çempionlar Ligasida ğolib çiqdi. Şevçenko «Çelsi»ga ötib ketişdan oldin, 2003 yilda Çempionlar Ligasida ğalaba qozondi. 2004 yilda «Oltin töp»ni qölga kiritdi. Öşa mavsumda ukrainalik futbolçi 24 ta gol bilan A Seriyaning eng yaxşi töpurari böldi va «Milan»ga 5 yil içida birinçi marta çempionlikni qölga kiritişga yordam berdi. Şeva 2004 yil avgust oyida Italiya Superkubogida ham xet-trik qayd etgan holda ğalaba qozongan edi.

«Oltin töp» uçun kuraşda hujumçi Deko, Ronaldino va Anrini ortda qoldirdi.

Yaqinda «Real» Çempionlar Ligasida ğalaba qozongaç, Şevçenko Ançelottini iliq tabrikladi:

«Tabriklayman, mister. Sizga öxşaş boşqa murabbiy yöq! Birinçi marta – 19 yil oldin Mançesterda. Çempionlar Ligasida törtta ğalaba, siz tarixni yozdingiz».

2007 – Kaka (Ançelotti qöli ostida 2003-2009 yillarda öynagan)

Ançelotti Kaka bilan yillar davomida birga işladi va uni dunyo darajasidagi futbolçiga aylantirdi. Braziliyalik futbolçi 2007 yilda «Milan»ning Çempionlar Ligasida ğalaba qozonişida muhim rol öynadi: 10 ta gol urib, eng yaxşi töpurar böldi, turnirning eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Öşa yili «Milan» UYeFA Superkubogi va klublar örtasidagi jahon çempionatida ham ğolib çiqdi.

«Oltin töp» uçun kuraşda Kaka (444 ball) işonçli tarzda Ronaldu (277) va Messidan (255) özib ketdi.

2020 yilda Kaka Ançelottini faoliyatidagi eng yaxşi murabbiy deb aytdi:

«Har bir murabbiyimdan nimadir örgandim. Ammo Karlo men uçun eng zör edi, çunki u eng yaxşi xislatlarimni yuzaga çiqardi. Uning eng muhim qobiliyati – futbolçilarni boşqara olişi. Bu juda muhim. Albatta, u taktika va öyinni tuşunişda ham yaxşi, lekin asosiysi – futbolçilar bilan işlaşi.