Eron jangovar uçuvçisiz uçoqlari yordamida Rossiyaning Ukraina hududiga hujumlari tölqiniga qaramay, Isroil hali ham Kiyevga qurol-yaroğ yetkazib berişni rad etmoqda. Isroil mudofaa vaziri Beni Gans 18 oktyabr, seşanba kuni keçqurun Isroilning Kol Chai radiostansiyasi efirida: «Biz Ukrainaga qurol sotmasligimizni aniq aytmoqçiman» dedi. Uning ta’kidlaşiça, mamlakat Ukrainaga faqat tibbiy va gumanitar yordam körsatadi hamda bundan keyin ham bu bilan çeklanadi. 

Avvalroq Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Isroildan havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berişni söraş niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. «Eron Isroil uçun qizil çiziqdir va Eron Ukrainaga qarşi tajovuz jinoyatiga bevosita şerik bölganidan söng, menimça, Isroilda Ukrainaga yordam beriş yoki yordam bermaslik borasida şubhasi bölgan heç kim qolmaydi. Bu şubhalarni yöqqa çiqariş kerak», dedi u brifingda. 

Ukraina rasmiylari Rossiyani sönggi haftalarda Eronda işlab çiqarilgan Shahed-136 dronlaridan foydalangan holda Ukraina energetika infratuzilmasini öqqa tutişda ayblamoqda. Kiyevga köra, sönggi bir neça kun içida Rossiya hujumlari oqibatida 70 dan ortiq odam halok bölgan. Eron Rossiyaga özining dronlari yetkazib berilayotganini rad etdi, Rossiya esa bu ma’lumotga izoh bermayapti.

Şu bilan birga, Ukraina hukumati Eron uçuvçisiz uçoqlarini yetkazib beriş kengaytirilganini e’lon qildi: ularning birinçi partiyasi 300 dona, ikkinçi partiyasiga 2400 ta dron kiradi, dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Aleksey Arestoviç. Unga köra, Rossiya 2-3 oy davomida dronlardan foydalangan holda Ukrainaga hozirgi sur’atda hujum qilişi mumkin. 

Rossiyaning Ukrainaga qarşi qariyb sakkiz oydan beri davom etayotgan keng kölamli uruşi boşlanganidan beri Isroil Kiyevga harbiy yordam berişdan boş tortmoqda. Ayni paytda, bir neça kun avval diaspora işlari böyiça vazir Nahman Şay Eronning Rossiyaga harbiy yuk yetkazib berişi fonida bu pozitsiyani özgartirişga çaqirdi.