Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi raisining örinbosari Şerzod Ilhomoviç Asadov boşqa işga ötişi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Nigoh” Telegram-kanalida xabar qilindi.

Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi 2020 yil sentabrda taşkil etilgan edi. Öşanda qömitaga Behzodjon Yusupov rais, Şerzod Asadov esa raisning birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda respublika darajasidagi vazirliklar, qömitalar va taşkilotlarda rahbarlik lavozimlarida işlovçi amaldorlar tuman hokimlari etib tayinlanişi kuzatilmoqda. Asadovning yangi lavozimi haqida hozirça ma’lumot yöq.