Qömita xabariga köra, Özbekiston prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4825 qaroriga asosan Bahrom Şaripov Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi raisi lavozimini egalladi.

Özbekiston prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4825 qaroriga asosan Behzodjon Yusupov Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezidentning 2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4825 qaroriga asosan Şerzod Asadov Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi raisining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Davlat rahbarining sentabr oyi boşida imzolangan “Özbekiston Respublikasida pillaçilik va qorakölçilikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi taşkil etildi.
Quyidagilar Qömitaning asosiy vazifasi etib belgilandi:
pillaçilik va qorakölçilik sohasida yagona davlat siyosatini olib boriş, şuningdek, uşbu tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlaştirilgan tarzda rivojlantirişni ta'minlaş;
tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat'iy hisobini yuritiş va fondini örganiş, şuningdek, pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş uçun ozuqa bazasini yaxşilaş;
ipak qurti va qoraköl zotli qöylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qiliş;
pilla va qoraköl terisidan tayyor mahsulot işlab çiqariş maqsadida xomaşyo tayyorlaş va uni qayta işlaş uçun qulay şaroitlar yaratiş;
marketing tadqiqotlarini ötkaziş hamda ipak va qoraköldan tayyorlangan mahsulotlarni eng avvalo taşqi bozorlarda sotişga kömaklaşiş;
pillaçilik va qorakölçilik bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yektlariga öz faoliyatini kengaytiriş, klasterlar taşkil etiş va mahsulotni eksport qilişda har tomonlama yordam beriş.












