“Özbekistonda muvofiqlikni baholaş organlarini qöllab-quvvatlaş qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, muvofiqlikni baholaş organiga xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş bilan boğliq xarajatlar qoplab beriladi.

Bunda xarajatlar amalga oşiriladigan işlarning har bir birligi uçun ekvivalentda 200 AQŞ dollaridan köp bölmagan miqdorda milliy valutada qoplab beriladi.

Xarajatlar akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va kalibrlaş laboratoriyalari (markazlari), mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari hamda xodimlarni sertifikatlaş organlariga qoplab beriladi.

Xarajatlari qoplab berilgan muvofiqlikni baholaş organi akkreditatsiya guvohnomasi davriy baholaşlarda bekor qilinsa, uşbu organga kelgusida xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziş bilan boğliq xarajatlar qoplab berilmaydi.

2022 yil 1 apreldan muvofiqlikni baholaş organlarini xalqaro ILAC/IAF taşkilotlari akkreditatsiyasidan ötkaziş bilan boğliq xarajatlar Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan qoplab berilişi belgilangan.