Trass öz iste’fosi haqida qirol Çarlz III’ni xabardor etganini ma’lum qildi. Endi Konservativ partiya köz yetakçisini va hukumatning yangi rahbarini aniqlaş uçun yangi saylovlar ötkazişi kerak.

«Men katta iqtisodiy va xalqaro beqarorlik davrida lavozimga kirişdim. Oilalar va kompaniyalar öz hisoblarini qanday tölaş haqida qayğurayotgan davrda», dedi Liz Trass iste’fosi haqida e’lon qilarkan.

«Putinning Ukrainadagi noqonuniy uruşi butun qit’amiz xavfsizligiga tahdid solmoqda. Va bizning mamlakatimiz iqtisodiy ösiş pastligi tufayli juda uzoq vaqt töxtab qoldi», deya davom etadi boş vazir.

«Men Konservativ partiya tomonidan buni özgartiriş vakolati bilan saylandim. Biz elektr energiyasi tölovlari böyiça takliflar berdik hamda milliy suğurta tölovlarini qisqartirdik. Biz Brexit tufayli olingan imtiyoz va erkinliklardan foydalanadigan past soliqli, tez rivojlanayotgan iqtisodiyot böyiça öz konsepsiyamizni belgilab oldik», degan Trass.

«Ammo men vaziyatdan kelib çiqib tan olamanki, meni saylagan Konservativ partiya tomonidan belgilangan mandatni bajara olmayman», degan u.

Avvalroq boş vazir öz soliq taşabbuslari tufayli halokatli tanqidlarga yöliqqan, moliya vazirini almaştirişga hamda e’lon qilingan budjet rejalarini bekor qilişga majbur bölgandi.

Sönggi haftalarda konservatorlarning maşhurligi Britaniyadagi sotsiologik tadqiqotlar tarixidagi eng quyi körsatkiçlarga tuşib ketdi.

Trass beş hafta muqaddam Konservativ partiya yetakçiligi va Birlaşgan Qirollik boş vazirligiga saylangandi. Endi u yangi boş vazir nomi aniq bölguniga qadar öz lavozimida qoladi.

Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi yetakçisi Kir Starmer zudlik bilan umummilliy saylovlar ötkazişni talab qildi. Bu talabga liberal-demokratlar va Şotlandiya milliy partiyasi rahbarlari ham qöşildi.

Liz Trass esa bir hafta içida konservatorlar özining yangi yetakçisini saylaş uçun içki saylovlar ötkazişini ma’lum qildi.

Hokimiyatda 45 kun

Liz Trass hokimiyat tepasida atigi 45 kun qololdi, bu Buyuk Britaniya tarixida boş vazir öz iste’fosiga qadar işlagan eng qisqa muddatdir.

Ungaça eng qisqa muddatda boş vazirlik qilgan şaxs Jorj Kanning bölib turgandi, u 1827 yilda öz vafotiga qadar 119 kun davomida hukumatni boşqargan.