Kun.uz 15 oktyabr kuni Zangiotada yangi qurilgan, ammo 1 yilga ham yetmay devorlari çökib, öpirilib ketgan boğça haqida reportaj e’lon qilgan edi. Şu holat yuzasidan Quriliş vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, bu maktabgaça ta’lim muassasasida ikki yil mobaynida quriliş-montaj işlari olib borilgan bölib, 2021 yil sentabr oyida foydalanişga topşirilgan.
“Hozirgi kunda binoning bolalar dam oliş xonalari, hojatxona, hamşira xonasi va idiş yuviş xonasi devorlarida yoriliş va çökişlar paydo bölgan. Uşbu xonalarning kafeli, yoğoç pollarida ham çökişlar hamda çirişlar yuzaga kelgan. Bundan taşqari, bino taşqi devorlarining içki va taşqi tomonlarida yoriqlar mavjud.
Oraliq devorlarining poydevorlari va pollari ostidagi tuproqni qatlamma-qatlam ziçlab, qayta kömiş işlari(trambovka) sifatsiz bajarilgan. Binoning içki qismidagi içimlik va oqova suv quvurlarining yorilişi oqibatida quvurlardan sizib çiqqan suv oraliq devorlarning poydevorlari ostiga kirişi natijasida guruntning va poydevorning çökişiga olib kelgan. Şu sababli içki oraliq devorlarda yoriliş va çökişlar vujudga kelgan. Uşbu xonalardagi bajarilgan içki oraliq devor poydevorlari işçi loyihasida poydevor çuqurligi 600 mm deb berilgan bölib, amalda 150-300 mm ölçamlarda bajarilgan”, – deyiladi vazirlikning rasmiy izohida.
Şuningdek, xabarda qöşimça qilinişiça, yoğoç pollarning çirişiga işlar loyiha asosida bajarilmagani, pollar çirişiga qarşi kimyoviy antiseptik işlov berilmagani sabab bölgan.
Toşkent viloyati Quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining xodimi Tohir Fayziyevning Kun.uz sörovi böyiça bergan ma’lumotiga köra, yuqoridagi kamçiliklar oldin ham kuzatilgan va binoning qurilişi mobaynida, ya’ni 2018-2019-yillarda tegişli körsatmalar berilib, sifatsiz bajarilgan işlar uçun jami şartnoma qiymati 2 mlrd 998 mln 400 ming sömdan 61 mln 450 ming sömi çegirib qolingan. Bu böyiça dalolatnoma ham rasmiylaştirilib, buyurtmaçiga yuborilgan.
Şuningdek, vazirlikning rasmiy izohida yuqoridagilarni inobatga olib, boğça instrumental texnik körikdan ötkazilişi, ungaça esa demontaj va qayta tiklaş işlari vaqtinça bajarilmasligi tavsiya qilinmoqda.
Tohir Fayziyevning aytişiça, ayni vaqt u yerda bolalarning qolişi xavfsizlik nuqtayi nazaridan notöğri hisoblanadi.












