Uçraşuvda ikki davlat örtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. Özbekistondagi 5 ta loyihasi umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq va umumiy quvvati 4,1 GVtdan köproq bölgan ACWA Power kompaniyasi bilan özaro hamkorlik natijalarini yuqori baholab, tomonlar loyihalarni jadallaştirişga va qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyatini oşirişga qaratilgan yangi investitsiya dasturini amalga oşirişga kelişib oldi.

Sabic, Dr. Sulaiman Al-Habib Medical Group, Al Rajhi International, Ajlan & Bros, Al Hokair Group, Jamjoom Pharma va boşqa kompaniyalar bilan kimyo sanoati, tibbiyot va farmatsevtika sanoati, qişloq xöjaligi va çakana savdoda loyihalarni amalga oşiriş holati tahlil qilindi. Mavjud kelişuvlarni faol amalga oşiriş böyiça sa’y-harakatlarni kuçaytirişga özaro tayyorlik bildirildi.