Mazkur stansiya işga tuşirilgaç, yiliga 3 million kVt.soat elektr energiyasi işlab çiqariladi hamda 900 ming kubometr tabiiy gaz tejaladi.

Ikki gektar maydonni egallaydigan hamda quvvati 1200-1500 kVt bölgan mazkur quyoş stansiyasini tayyor holda qurib, işga tuşiriş maqsadida «Özbekenergota’mir» bilan şartnoma tuzilgan. Unga köra, quriliş uçun ajratilgan yer maydonini tayyorlaş, quriliş-montaj va sozlaş işlarini bajariş közda tutilgan.

Hozirgi kunda bir guruh mutaxassislar tomonidan yer maydonini örganiş hamda obektni loyihalaş işlari boşlab yuborildi.

Joriy yil oktabr oyi boşida «Özbekenergota’mir» tomonidan quyoş panellari, metall konstruksiyalar örnatiş uçun olib kelindi.